Mezolit (o’rta tosh) davri


1. Davan davlatining boshqaruv tizimi, ichki va tashqi siyosati



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə63/173
tarix10.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#139072
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   173
Mezolit (o’rta tosh) davri

3654768

1. Davan davlatining boshqaruv tizimi, ichki va tashqi siyosati. Davan nomi bilan mashhur bo‘lgan davlat Far-g‘ona hududidagi qadimgi davlatlardan sanaladi. Xitoylikelchi Chjan Syan yozma manbalarida Farg‘ona vodiysidagi mazkur davlatni Davan (Da-yuan) deb atagan. Buni mil. avv. 138–125-yil lar da bu o‘lkaga tashrif bu yur gan Xitoy elchisi Chjan Syan yozib qoldir gan esdaliklar ham isbot lay di.Manbalarda aytilishicha, bu davrda Farg‘onada 300 ming nafar aholi yashagan. Uning 70 dan ziyod katta-kichik shaharlari bo‘ lib, ular da savdosotiq, hunarmand chi lik yuksak darajada rivojlan gan. Mam lakat poytaxti Ershi (hozir gi Andijon viloyatining Mar hamat tumanida joy lashgan) o‘z davri ning obod, ko‘rkam va aholisi gavjum shaharlaridan sanalgan. Qadimgi O‘zgan, Koson ham Davan ning eng mash hur shaharla-ri sirasiga kirgan. Davan hududida 10 dan ortiq yi rik dehqonchi-lik man zil goh lari mavjud bo‘lib, ularda yerlimirishkor aho li sholi, bug‘doy va boshqa dehqonchilik ekinlari yetish tirish bi lan shug‘ul-langan. Xitoy sayyohi vodiyda uzumchilik nihoyatda rivojlanganiga, undan uzoq muddat saqlanadigan, quvvati o‘tkir musallaslar tayyor lash yuksak darajada yo‘lga qo‘yilganligiga alohida urg‘u beradi. Davandagi ijtimoiy-siyosiy hayotning yana bir muhim jihati – bu ayol lar-ning jamiyatda tutgan mavqeyining yuksakligidir. Davlat hukmdori mamlakat hayotiga oid har qanday ichki va tashqi masalalarni hal etishda oqsoqollar kengashiga, uning maslahatlari va yo‘l-yo‘riqlariga suyangan. Ayniqsa, urush va tinchlik, elchilik aloqalari masalasida oqsoqollardan iborat Oliy ken gash alohida vakolatlarga ega bo‘lgan .Xitoy Farg‘ona davlatining boy-badavlat turmushiga, uning boylik lariga ko‘z olaytirib, unga qarshi bir necha bor katta qo‘shin tortib bostirib kelgan. Chunonchi, mil. avv. II asr oxirlarida (104-yilda) va milo diy I asrning 80-yillarida xitoyliklar Davan davlatini o‘zlariga bo‘y sundirish uchun shiddatli urushlar olib borganlar. Davanliklar o‘z qo‘shnilari – Qang‘ va Kushonlarning harbiy yordami bilan yurt mustaqilligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ladilar.


Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin