Mezolit (o’rta tosh) davri


1. Neolit davrida ishlab chiqarishga asoslangan hunarmandchilik sohalarining……..Neolit davrida



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə74/173
tarix10.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#139072
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   173
Mezolit (o’rta tosh) davri

3658774

1. Neolit davrida ishlab chiqarishga asoslangan hunarmandchilik sohalarining……..Neolit davrida qurollar ishlash texnikasida tub o’zgarish - inqilob sodir bo’ldi. Yangi tosh qurollari orqali silliqlash, pardozlash, parmalash usullari ixtiro etildi. Tosh qurollari orasida tosh boltalar, ponalar, iskanalar, tosh teshalar paydo bo’ldi. Neolit davri «toshboltalar asri» ham deyiladi. Hunarmandchilikning sopol buyumlar yasash tarmog’i vujudga keladi. Shuning uchun bu davrni «sopol asri» ham deyishadi. Neolit davrida odamlar hayotida chorvachilik va dehqonchilik vujudga keladi va xo’jalikda asosiy o’rinni egallaydi. Urug’ jamoalari echki, qo’y va qoramollardan iborat qo’ra-qo’ra chorva mollariga, don-dun zahiralariga ega bo’ladilar. Neolit davrida ishlab chiqaruvchi xo’jalik shakllanib bo’ladi. Bu insoniyat erishgan katta yutuq bo’lib, odamlar tabiatga qaramlikdan butunlay qutiladilar. Urug’ jamoalari ozuqa izlab ko’chib, daydib yurishdan o’troq hayot kechirishga o’tadilar. Doimiy yashaydigan kulbalar, uylar yasash odamlarning turmush tarziga aylanadi, qishloqlar vujudga keladi. Neolit davrida odamlar hayvon terisidan tikilgan kiyimlar o’rniga jun va o’simlik tolasidan to’qilgan matolardan tikilgan kiyimlar kiyadigan bo’ladilar. Hunarmandchilikda to’qimachilik, tikuvchilik tarmog’i ham paydo bo’ladi.

2. Xorazmshohlar davlatining boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. Xorazmshohlar davrida harbiy sohaga alohida ahamiyat berilgan. Bunda bir necha yuz minglik qo’shindan tashqari oliy hukmdorning maxsus shaxsiy gvardiyasi (Haros) katta mavqega ega bo’lgan. Sulton Muhammadning shaxsiy gvardiyasi 10 ming nafar kishidan tashkil topgan. Harbiy qismlarda Harbiy nazoratchi, sipohsalor, sohibi jaysh (viloyat qo’shini boshlig’i), Amir ul-umaro, Malik (10 ming qo’shin boshlig’i), Chovush (chopar), Josus (razvedkachi), Askar qozisi kabi mansablar ham mavjud bo’lgan. Xorazmshohlar sulolalariga mansub ma’rifatparvar hukmdorlarning ilm-fan va madaniyatga doimiy rag’bat berishlari orqasida ko’plab iste’dod sohiblarining salohiyati, ijodi o’sib, yuksalib borgan. O’sha davr hukmdorlari tashabbusi bilan bunyod etilgan va faoliyat ko’rsatgan kutubxonalarda sonsanoqsiz noyob, qimmatbaho kitoblar, qo’lyozmalar to’planganki, bulardan hozirgi avlod kishilari ham bahramand bo’lmoqdalar. Buyuk matematik, astronom va geograf olim Muhammad Muso al-Xorazmiy (783-850) nomi fan tarixida alohida o’rin tutadi. Olim o’zining «Hisob aljabr val Muqobala», «Hind arifmetikasi haqida kitob», «Quyosh soatlari haqida risola», «Astronomik jadvallar» singari asarlari bilan «Algebra» faniga asos soldi. Uning arifmetika risolasi hind raqamlariga asoslangan bo’lib, hozirgi paytda biz foydalanayotgan o’nlik hisoblash sistemasining Evropada tarqalishiga sabab bo’ldi. Allomaning «al- Xorazmiy» nomi «algoritm» shaklida fanda abadiy muhrlanib qoldi. Olimning «Kitob surat al-arz» nomli geografiyaga doir asari shu qadar fundamental ahamiyatga egaki, u arab tilida ko’plab geografik asarlarning yaratilishiga zamin yaratdi.
3. Kaufmanning Buxoroga yurishi Samarqandning zabt etilishi. Bizga ma'Iumki CHor Rossiyasi Toshkent, Xujand, Jizzaxni bosib olgach asosiy yurishni Samarkandga boshladi. Bu yurish 1868 yil I CHuponota tepaligida bulib ugadi. Bu joyda Amir Muzaffar bilan Fon Kaufman uchrashadi. 1868 yili 1 - mayda Samarkand olinadi. SHundan keyin, 1864 y. 22 sentyabrida CHimkent, 1865 y, Toshkent, 1866 y. Xujand va Jizzax -bosib olinib, barcha bosib olingan erlar birlashtirilib, 1867 y. Turkiston general- gubernatorligi va xarbiy okrugi tashkil kilindi. 1868 y. general-gubemator kilib tayinlangan Kaufman Buxoro amirligiga karshi uruslini davom ettirib, shu yili Samarkand va Kattakurgonni egaliadi, amir kushinlarini Zirabulok dashtlarida maglubiyatta uchratdi. 1868 y.ning 23 iyunida Buxoro va Rossiya urtasida sulx shartnomasi tuzilib, Rossiya kushinlari tomonidan bosib olingan erlar Turkiston general-gubernatorligining Zarafshon okrugiga kiritildi.



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin