Mezolit (o’rta tosh) davri


O’zbekiston tarixi fanining yoshlarni har tomonlama yetuk, ma’naviy barkamol, vatanparvarlik…



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə98/173
tarix10.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#139072
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   173
Mezolit (o’rta tosh) davri

51315784.


  1. O’zbekiston tarixi fanining yoshlarni har tomonlama yetuk, ma’naviy barkamol, vatanparvarlik…. O’zbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning o’tmishi, tarixi haqida bilim berish bilan bilan chegaralanib qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, ma’naviy jihatdan komil fuqaro etib shakllantirishga xizmat qiladi. Vatanimiz tarixi «Har bir fuqaroni, jumladan, yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlashga, uni ko’z qorachig’iday avaylab-asrashga, yurak-yurakdan iftixor qilishga o’rgatadi. O’zimizning boy o’tmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuyg’ularini uyg’otib, bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari ekanini anglashga undaydi».Mustaqillik qo’lga kiritilgach, Vatanimiz tarixida burilish pallasi, ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruviga asoslangan totalitar tuzumdan erkin, demokratik tuzumga o’tish davri boshlandi. O’tish davrida eski ideallar, g’oyalar, odatdagi tafakkur va axloq me’yorlari buziladi, milliy qadriyatlar qayta baholanadi, alternativ nuqtai nazarlar paydo bo’ladi, allaqachon unutilgan qarashlar qayta uyg’onadi, ziddiyatlar keskinlashadi.


  2. Ashtarxoniylar davlatining ijtimoiy hayoti. Ashtarxoniylar davrida davlat tizimi va bosh¬qaruvi o’z tuzilishi, mohiyati jihatidan shay¬boniylar davridagidan deyarli farq qilmas edi. Davlatning ichki va tashqi siyosatiga doir masalalar rasman oliy hokimiyat boshlig’i Xon ixtiyori bilan hal qilinardi. Markaziy va mahalliy hokimiyat boshqaruvida ham shayboniylar davrida amalda bo’lgan lavozimlar saqlanib qolgan. Ashtarxoniylar davrida saroy qutlovi davlat lavozimi joriy etilib, u davlat mablag’i hisobiga amalga oshiriladigan qurilish, suv inshootlari barpo etish va obodonchilik ishlarini boshqargan. Buxoro xonligi ma’muriy jihatdan viloyatlarga, viloyatlar tumanlarga bo’linib boshqarilgan. Viloyat hokimlari xon tomonidan tayinlangan. Harbiy sohada doimiy qudratli harbiy qo’shin, markaziy harbiy qo’mondonlikning yo’qligi, qo’shinning zaonaviy qurol-yarog’lar, zambaraklar bilan ta’minlanmaganligi Buxoro xonligining harbiy jihatdan o’ta zaiflashuviga olib keldi. Ashtarxoniylar davrida yerga egalik qilishning, ilgarigi asrlarda amalda bo’lganidek mulki sultoniy, xususiy mulk, vaq fyerlari shakllari mavjud edi. Mulki sultoniy davlat yerlari hisoblanib, undan keladigan daromad xon xazinasiga kelib tushardi. Davlat yerlaridan o’sha joylarda yashagan dehqonlar foydalangan, ular yerni ishlatib, olingan hosildan xiroj solig’i to’laganlar. Xon davlat tasarrufidagi yerlarni, aholi yashaydigan qishloqlarni shahzodalarga, yirik din ulamolari va sayyidlarga suyurg’ol shaklida, harbiy qism boshliqlari, saroy amaldorlariga tanho shaklida in’om qilardi. Suyurg’ol qilingan katta yer egalari xon xazinasiga soliq to’lamas edi. Tanho shaklida in’om qilingan yerlar tanhodorning xususiy mulki bo’lmay, o’sha yerlarda ishlayotgan dehqonlardan soliq olish huquqi berilar edi.



  3. Yüklə 0,72 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin