Mezolit (o’rta tosh) davri



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə1/173
tarix10.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#139072
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173
Mezolit (o’rta tosh) davri


Mezolit (o’rta tosh) davri

45852735

1.Mezolit (o’rta tosh) davri. Insoniyat tarixiy taraqqiyotida mezolit deb atalmish davr o’ziga xos davr hisoblanadi. “Mezolit” yunoncha so’z bo’lib ” mezos” o’rta “ litos” tosh birikmalaridan kelib chiqqan va o’rta tosh davri ma’nosini anglatadi. Bu davr bundan 12-7 ming yillar ilgari boshlanib 7 ming yillikgacha davom etadi. 1970-1980 yillarda O’.Islomov boshchiligidagi arxeologlar guruhi Farg’ona viloyati So’x yaqinidagi Obishir soyining ungurlarida qidiruv ishlari olib borib, Obishir deb atalgan makonlarda mezolit davri urug’ jamoalarining izlarini topdi. Mezolit davri qurollari O’q-yoy quroli (kamon va paykonlar). tayoq uchiga o’tkir uchli nayzalar o’rnatilganirg’ituvchi nayza qurollari.O’q-yoydan foydalanish insoniyat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo’lib, ovchilikni insonlarning hayot manbaiga aylantirdi, ovdan keladigan daromad va zahiralar ko’payib borgan. O’q-yoy quroli odamning yolg’iz o’zi hayvonlarni ovlash, jamoadan ajralib hayot kechirishiga imkoniyat yaratadi. Odamlar o’simliklarning ildizlarini iste’mol qilishdan boshoqlarni, mazali mevalarni, iste’mol qilishga o’tadilar. Ular asta sekin it, sigir, qo’y, echki kabi hayvonlarni qo’lga o’rgatish, boshoqli o’simliklar urug’ini erga ekib o’stirish orqali don olish malakalariga ham ega bo’lib boradilar.

2.Buxoro amirligining tashkil topishi va uning boshqaruv tizimi Buxoroda 1711-1747 yillarda Abdulfayzxon nomigagina xon edi. Mamlakatni boshqarish Muhammad Xakimbiy otaliq qo`lida bo`ldi. 1747 yilda Abdulfayzxon bir guruh fitnachilar tomonidan o`ldirildi. Muhammad Xakimbiy ham tez orada vafot etdi. Davlat ishlari Muhammad Xakimbiyning o`g’li Muhammad Rahimbiy qo`liga o`tdi. Muhammad Rahg’imbiy 1573 yilda Buxoro taxtini egalladi. U o`ziga qarshi isyon ko`targan Shahrisabz, Urgut, Jizzax, O`rtepa, Xo`jand, Toshkent va boshqa bekliklarda mavqeini mustahkamlab olgach, o`zini amir deb e`lon qildi. Shu tariqa, Buxoroda mang’itlar sulolasi xukmronligi (1753-1920) qaror topdi. Shundan e`tiboran poytaxti Buxoro bo`lgan davlat Buxoro amirligi deb atala boshlandi. Muhammad Rahim hukmronligini beklik-viloyatlardagi boshqa qavmlardan bo'lgan hokimlar tan olmadilar. Amir mang'itlarga tayanib hokimiyatni markazlashtirishga intildi. Barcha qabilalarning hukmdorlarini Buxoroga yig'ib, ulardan markaziy hokimiyatga bo'ysunishni talab qildi, aks holda qattiq jazolanishi haqida ogohlantirdi. Viloyatlardagi ko'pgina hokimlar, bebosh amaldorlar hokimiyatdan chetlashtirilib, yer-mulki tortib olinib, boshqa joylarga ko'chirildi. Ular o'rniga amir qabiladoshlaridan tayinlandi. Muhammad Rahim Buxoro minorasi yonidagi o'z qarorgohini mahsus qurilgan Arkka ko'chirdi, o'zboshimcha beklarni Arkka chaqirib qattiq jazoladi. Tarqoqlikni bartaraf etish maqsadida ko'pgina bekliklarga-Samarqand, Jizzax, O'ratepa, Hisor, Boysun, Shahrisabzga qarshi qonli urushlar qildi, ko'pgina viloyatlar vayron bo'ldi. Muhammad Rahim Nurotada istiqomat qiluvchi burgut qabilasi mang'itini bostirib, ularning harbiy istehkomlarini buzib tashlab, o'zlarini Buxoro tumaniga ko'chirdi.


Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin