. Ilk davlatlarning shakllari va turlari.Bizga ma’lumki jaxondagi dastlabki davlatlar bundan 6 ming yil ilgari paydo bulgan. Ular asosan Mesopotamiya va Misrda keynnchalik Xitoy, Xindiston va boshka mamlakatlarda paydo bo’ldi. Markaziy Osiyoda esa dastlabki davlatlar bundan 3 ming yil oldin paydo bulgan. Bular Katta Xorazm va Kadimgi Baktrriyadir. Bu xakda Avestoda va Erondagi Bexustun yozuvlarida xamda Yunon, Rim tarixchilarning asarlarida ma’lumotlar berilgan. Bizga ma’lumki kadimda ulkamizda Xorazmliklar, Baktriyaliklar, So’g’diylar, Sak va Massagetlar kuchmanchilik va chorvachilik bilan shugullanib kelishgan. Bu davlat axoliyey kuplab davlatlar bilan savdo alokalari urnatilgan. Baktriya xududiga xozirgi Kashkadaryo, Surxandaryo, Avgonistonning shimoliy qismi, va Tojikistonning janubiy qismi uning markazi Baqtra shaxri bo’lgan.
Shayboniylar sulolasining barham topishEronda shoh Ismoil Safaviy hukmdorlik qilayotgan edi. 1510- yilda ikki hukmdor qo`shini to'qnashdi.Marv yaqinida bo`lgan jangda Muhammad Shayboniyxon yengildi. Eronliklar yaralangan Muhammad Shayboniyxonni qo`lga olib, 1510- yilning 12-dekabrida uni qatl etdilar.Shayboniyxon halok bo`lgach, uning o`rniga amakisi Ko`chkinchixon taxtga o`tirdi. Ko`chkinchixondan so`ng taxtga o`g`li Abu Said (1530-1533) o`tiidi. Undan keyin esa hukmdorlik Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning o`g`li Ubaydullaxon (1533—1540) qo`liga o`tdi. Ubaydullaxon poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko`chirtirdi. Ubaydullaxon Buxoroga otameros mulk deb qarar edi, chunki Shayboniyxon hayotligidayoq Buxoro hokimligini ukasi Mahmud Sulton Ubaydullaxonning otasiga beigan edi. Shu tariqa, shayboniylarning Movarounnahrda tashkil etgan davlati endilikda rasmiy ravishda Buxoro xonligi deb ataladigan bo`ldi. Buxoro xonligini yana ikki yilcha idora qildi. Tez orada Jaloir, Do`rmon qabila boshliqlarining ig`vosi bilan Pirmuhammadxon bilan Boqi Muhammad o`rtasidagi munosabatlar buzildi. Oxir-oqibatda Pirmuhammadxon bilan Boqi Muhammad o`rtasida 1601- yilda Samarqand yaqinidagi Bog`i Shamol mavzeyida jang bo`ladi. Jangda Pirmuhammadxon yengiladi va 80 yoshida qatl etiladi.