7565743 1. Ibtidoiy jamiyat, uni davrlashtirish va bu boradagi yondashuvlar. Arxeologlarning Afrika va Yava orolida olib brogan tadqiqotlari sayyoramizda odamlar 3-2,5 million yillardan beri yashab kelayotganligini ko’rsatadi. Taxminan ana shu davrdan boshlangan ibtidoiy jamiyat mehnat qurollari toshdan yasalgani sababli paleolit (grekcha «palayos» -qadimgi, «litos» -tosh degan ma’noni bildiradi) - qadimgi tosh davri deb ataladi. Paleolit davri o’z navbatida uch bosqichdan - ilk paleolit, o’rta paleolit va so’nggi paleolitdan iborat. Ilk paleolitbundan 3-2,5 million yillardan 100 minginchi yillargacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Arxeologlar ilk paleolit davrida taxminan 700-300 ming yillar ilgari bo’lib o’tgan Shel1 va taxminan 300-100 ming yillar ilgari bo’lib o’tgan Ashel2 davri bo’lganligini ham ta’kidlaydilar. O’rta paleolitbosqichi bundan 100-40 ming yillar ilgarigi davrdir. Arxeologiyada bu davr Muste3 madaniyati ham deb yuritiladi. So’nggi paleolit bosqichi miloddan taxminan 40-12 ming yillar ilgarigi davrdir. Ibtidoiy jamiyatning ikkinchi davri mezolit /yunoncha «mezos» - o’rta, «litos» - tosh degan ma’noni bildiradi/ - o’rta tosh davri deyiladi va u miloddan avvalgi 12 minginchi yillardan 7 minginchi yillargacha davom etadi. Odamlarning paleolit va mezolit bosqichlaridagi termachilik va ovchilikka asoslangan turmush tarzi tabiatdagi tayyor narsalarni o’zlashtirish, iste’mol qilish xo’jaligi deb ham ataladi. Mezolit davrida tarixiy taraqqiyotning notekis rivojlanish qonuni amal qila boshlaydi. . Uchinchi davr Neolit/yunoncha «neos» - yangi, «litos» tosh degan ma’noni bildiradi/-yangi tosh davri bo’lib, unga miloddan avvalgi 6-4 minginchi yillar kiradi. . To’rtinchi davr eneolit, ya’ni misdan qurollar yasash o’zlashtirilgani uchun tosh-mis davri deyiladi, u miloddan avvalgi 4 minginchi yillarda yuz beradi. Beshinchi davr bronza, ya’ni mis va qalay qotishmasidan mehnat qurollari yasash o’zlashtirilgan davr bo’lib, miloddan avvalgi 3-2 minginchi yillarni o’z ichiga oladi. Miloddan avvalgi bir minginchi yillar boshlarida temirdan turli qurollar va asbob-uskunalar yasashning o’zlatirilishi natijasida temir asri boshlanadi.