3698755
1. Davlatchilik tushunchasi. Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari va omillari.Bizga ma’lumki jaxondagi dastlabki davlatlar bundan 6 ming yil ilgari paydo bulgan. Ular asosan Mesopotamiya va Misrda keynnchalik Xitoy, Xindiston va boshka mamlakatlarda paydo bo’ldi. Markaziy Osiyoda esa dastlabki davlatlar bundan 3 ming yil oldin paydo bulgan. Bular Katta Xorazm va Kadimgi Baktrriyadir. Bu xakda Avestoda va Erondagi Bexustun yozuvlarida xamda Yunon, Rim tarixchilarning asarlarida ma’lumotlar berilgan. Bizga ma’lumki kadimda ulkamizda Xorazmliklar, Baktriyaliklar, So’g’diylar, Sak va Massagetlar kuchmanchilik va chorvachilik bilan shugullanib kelishgan. Bu davlat axoliyey kuplab davlatlar bilan savdo alokalari urnatilgan. Baktriya xududiga xozirgi Kashkadaryo, Surxandaryo, Avgonistonning shimoliy kiyem i, va Tojikistonning djanubiy kismi uning markazi Baktr shaxri bulgan.
2. Amir Temur davrida saltanatni boshqarish tizimi. Amir Temur qudratli saltanatni vujudga keltirar ekan uni omilkorlik bilan idora qilish, boshqaruv tizimini yanada takomillashtirib borishga ham alohida ahamiyat berdi. U o’zbek davlatchiligining Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar davrida tarkib topib, rivojlanib borgan tizimi, tartib-qoidalari, huquqiy asoslarini yangi tarixiy davrning talab, ehtiyojlariga moslab yanada takomillashtirdi, ularga yangicha ruh, mazmun va sayqal berdi. Amir Temur dunyo tarixida birinchi bo’lib jamiyat ijtimoiy tarkibini 12 tabaqaga ajratib, ularning har birining alohida mavqei, manfaatlarini, shunga muvofiq keladigan davlat va jamiyatning o’zaro munosabatlarini belgilab bergan. Uning davrida boshqaruv ikki idoradan, ya’ni dargoh va vazirliklardan iborat bo’lgan. Dargoh tepasida oliy hukmdorning o’zi turgan. Mamlakat va davlat ahamiyatiga molik masalalar uning ko’rsatmasi bilan hal etilgan. Davlatning siyosiy boshqaruv tizimi Dargoh Harbiy vazir Mulkchilik va soliq ishlari vaziri Moliya vaziri Bosh vazir Xolisa (askarlar maoshi va oziq-ovqat ta’minoti bilan shug’ullanuvchi) Saroy vaziri Jibachi, Xazinachi, Bitikchi, Sozanda, Choparlar, Dorichi, Tabiblar, Munshilar, Bakovul, Qushchi, Bosh xojib, Dargoh faoliyatini boshqarish, uning vazirliklari, mahalliy hokimiyat idoralari va umuman saltanatda kechayotgan jarayonlar bilan bog’liq ishlar oliy devon zimmasida bo’lgan. Oliy devonda har kuni 4 vazir, ya’ni ijroiya idoralari nomidan bosh vazir, harbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri hozir bo’lib, o’ziga xos ravishda hukmdorga hisob berib turgan.
3. Buxoro amirligining Rossiya vasallariga aylantirilishi. CHor Rossiyaning Buxoro amirligi yurishi 1868 yil 1 maydan Samarkanddan boshlanadi. Asosiy jang CHuponatada bulib utadi. Jangda amir kushinlari engiladi. Asosiy jang Zilabulogda bulib utadi. Buxoroni ximoya kilishda Jurabek va Bobobek kabi vatanparvarlar kaxramonlik kursatadi. Buxoroning bosib olinishi xakida professor Farxod Kosimovning bir kancha ilmiy makolalarini ukiganmiz. 1868 yil 23 iyunda Kaufman bilan Buxoro amiri Muzaffar Sulx imzolaydi. Unga kura chegara Zarafshon daryosining yukori okimidan Kattakurgon shaxridan utadi. Amir 500 ming oltin pul tulaydi, rus savdogarlari Buxoroda erkin savdo kilishga Karvonsaroy va dukonlar ochish xukukini oladi. Xiva xonligi xam 1873 yil Ganditmiyon shartnomasiga kura Rossiyaning, vassaliga aylanadi. Unga kura Xiva xonligi 2 million 200 ming oltin mikdorida tovon tulash majburiyatini oldi. Xiva xonligining Amudaryoning ung kirgok xududlarida Turkiston general gubematorligiga buysunuvchi Amudaryo bulimi tuzildi. Xullas Buxoro amirligi va Xiva xonligi chor Rosstyasining vassaliga aylantirildi
Dostları ilə paylaş: |