Jon Dyui (1859-1952 y AQSh) pragmatik pedagogika asoschisi hisoblanadi. Bu
pedagogning xizmati shundaki, u maktab bilan hayotning aloqasi, ta’limning
individuallashuvi kabi ijtimoiy psixologik g‘oyalarga murojaat qilgan holda
ta’lim tarbiya ishini amalga oshirish zarurligini ilgari surgan.
Vilgelm Lay (1862-1926 y. Germaniya) “Harakatlar pedagogikasi”ni yaratdi.
U inson faoliyati va mavjudligining fiziologik va psixologik mexanizmlarini
o‘zida mujassamlashtiruvchi biologik reaksiya tamoyiliga tayangan. U
tarbiyaning biologik tomonini-tug‘ma reflekslar, sezgi, reaksiyalar, ularning
bolalar o‘yinlarida paydo bo‘lishini va ijtimoiy tarbiyachining reaksiyalariga
Hozirgacha turli davlat olimlari o‘rtasida ijtimoiy
pedagogikaning boshqa pedagogik fanlari orasidagi o‘rni
borasida –bu mustaqil fan bo‘la oladimi yoki faqatgina
yosh guruhlarini o‘rganish bilan cheklanadigan
pedagogikaning mustaqil bir sohasi bo‘lib qolaveradimi,
degan masalada bahsmunozara davom etmoqda.
Bu bahslar, yangi fan tushunchasining
shakllanmaganligi ijtimoiy pedagogika mohiyatini inkor
shakllanmaganligi ijtimoiy pedagogika mohiyatini inkor
etuvchi ba’zi pedagoglar nazariyalarida paydo bo‘lgan.
Masalan G.Noll va G.Boymer (20-30 y) ijtimoiy
pedagogikani bolalarga yordam berish va voyaga
yetmaganlar huquqbuzarliklarining profilaktikasi deb
tushunishgan.
Ijtimoiy pedagogikaning mohiyatini nemis olimi Paul
Natori (XX asrning 20- yillari) umuman boshqacha ta’riflangan.
U ijtimoiy pedagog jamiyatning tarbiyaviy kuchlarining
yaqinlashtirish muammosini halqning madaniy va axloqiy
darajasini ko‘tarish maqsadida tadqiq etadi deb hisoblagan. XX
asrning 60-yillarida ijtimoiy pedagogika huquqbuzarlik sodir etgan
bolalarga yordam berish, bolalar uyida tarbiya ishlari o‘tkazish
maqsadidagi ijtimoiy tarbiya asosi sifatida e’tirof etila boshladi.
Ijtimoiy pedagogika pedagogikani rivojlanishi bilan birga chet
Ijtimoiy pedagogika pedagogikani rivojlanishi bilan birga chet
ellarda ijtimoiy pedagogika sohasidagi mutaxassislarning kasbga
oid faoliyati ham rivojlandi.
Xususan, XX asrning 70-yillarida Germaniyada oliy
ma’lumotli pedagoglar tayyorlana boshlandi.
XX asrning50-yillariga kelib ijtimoiy pedagogika
muammolarining global darajaga yetganiga BMT Bosh
Assambleyasi tomonidan 20.11.1959 yil va 20.11.1989 yilda “Bola
huquqlari deklaratsiyasi”ning qabul qilinganligi guvohlik beradi.
Unda alohida e’tibor yetimlarning ijtimoiy himoyasiga, ko‘p bolali
oilalar, kam ta’minlangan oilalar bolalariga ijtimoiy yordam
oilalar, kam ta’minlangan oilalar bolalariga ijtimoiy yordam
ko‘rsatishga qaratilgan.
Bizning respublikamizda ijtimoiy pedagogika an’ana va
tamoyillarini tiklash va uni rivojlantirish masalasiga alohida
ahamiyat berilmoqda. Buni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha
ijtimoiy markazlarning tashkil etilganligidan ham yaqqol
ko‘rishimiz mumkin.
|