Akademik litseylar o’quvchilar o’zlari tanlab olgan ta’lim yo’nalishi bo’yicha
bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o’rganishga qaratilgan maxsus
kasb-hunar ko’nikmalarini o’zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu
ko’nikmalar o’qishni muayyan oliy ta’lim muassalarida davom ettirish yoki
mehnat faoliyatida ro’yobga chiqarishlari mumkin. Kasb-hunar kolleji tegishli
davlat
ta’lim
standartlari
doirasida
o’rta
maxsus
kasb-hunar
ta’limi
beradi,o’quvchilarni kasb hunar egallashiga imkoniyat beradi.
- O’zbekiston Respublikasida o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida
birmuncha o’zgarishlar ro’y berdi, O’zbekiston Respublikasi prezidenti
Sh.Mirziyoyevning 2019 yil 11 iyul kuni “Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimiga
boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori
bilan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi
tugatildi. Kasb-hunar ta’limi umumiy o’rta ta’lim negizida amalga oshirilishi
nazarda tutildi.
- Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassis tayyorlaydi, ikki bosqichda:
bakalavriat va magistraturada amalga oshadi.
Dostları ilə paylaş: