Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/62
tarix26.11.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#135924
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

3.6.
 
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda moddiy oqimlarni boshqarishga logistik 
yondashuvni qo‘llashning samaradorligi 
Ma'lumki, ishlab chiqarish korxonasidagi materialning 95-98% vaqti ortish- tushirish 
va transport-ombor ishlariga to‘g‘ri keladi. 
«Bosh», «Simens», «Mitsubisi» va «Djeneral motors» firmalari ma'lumotlariga ko‘ra, 
korxonada moddiy oqimlarni boshqarishga logistik yondashish, logistik operatsiyalar majmui 
bajarilishini maksimal optimallashtirishga imkon beradi. 
Korxonada moddiy oqimlarni boshqarishga logistik yondashuvni qo‘llashdan vujudga 
keladigan umumiy samaraning tarkibiy qismlari quyidagilar: 
1.
Ishlab chiqarish bozorga mo‘ljallangan. Kam hajmdagi va individual ishlab 
chiqarishga samarali o‘tish mumkin bo‘ladi. 
2.
yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik munosabatlari o‘rnatiladi. 
3.
Uskunalar to‘xtab turishi qisqaradi. Bu, ish joylarida kerakli materiallar doimo 
mavjud bo‘lishi bilan, ta'minlanadi. 
4.
Ishlab chiqarayotgan mahsulot sifati oshadi. 
5.
Ishlab chiqarish sikli kamayadi va xarajatlar minimallashtiriladi. 
Ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish imkonini beradigan 
sabablarga to‘laroq to‘xtalib o‘tamiz. 

Zaxiralar optimizatsiyasi - logistikaning markaziy muammolaridan biri. Zaxiralarni 
saqlash, moliyaviy mablag‘lar ajratilishini, moddiy texnika baza va mehnat resurslarining katta 
qismining ishlatilishini talab qiladi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning zamonaviy logistik 
uslublarini qo‘llayotgan qator /arbiy yevropa firmalari tajribalarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, 
logistikani qo‘llanilishi ishlab chiqarish zaxiralarini 50% ga kamaytirish imkonini beradi. 

Yordamchi ishchilar sonini kamayishi. Tizimlilik (ishni tizimli amalga oshishi) 
darajasi qancha past bo‘lsa, mehnat jarayoni shunchalik aniqlanmagan bo‘ladi, bu esa ishning 
katta hajmlarini bajarishda yordamchi ishchilarga bo‘lgan ehtiyoj shunchalik ortishiga olib 
keladi. 

Materiallar yo‘qotilishini kamayishi. Istalgan logistik operatsiya - bu potensial 
yo‘qotishlar. Logistik operatsiyalar optimizatsiyasi - bu yo‘qotishlarnig kamayishidir. 

Ishlab chiqarish va ombor maydonlari ishlatilishini yaxlitlash. Oqim 
jarayonlarining noaniqligi ko‘proq qo‘shimcha maydonlarni oldindan egallab qo‘yishga 
undaydi. Masalan, ulgurji savdo bazalari loyihasida, oqim jarayonlarining noaniqligi ombor 
maydonlarini 30%ga oshirilishiga majbur qilgan. 

Jarohatlarning kamayishi. Logistik yondashuv o‘z ichiga mehnat xavfsizligi 
tizimini ham kiritadi. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin