Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni


Xarid logistikasining vazifalari



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/62
tarix26.11.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#135924
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

Xarid logistikasining vazifalari
Qishloq xo‘jalik korxonalarini mehnat buyumlari bilan ta'minlash jarayonidagi asosiy 
savollar an'anaviy va ta'minot logikasi bilan belgilanadi: 

nima xarid qilish; 

qancha xarid qilish; 

kimdan xarid qilish; 

qaysi shartlarda xarid qilish. 
Bu an'anaviy ro‘yxatni logistika o‘z savollari bilan to‘ldiradi: 

qanday qilib xaridlarni ishlab chiqarish va sotish bilan tizimli bog‘lash; 

qanday qilib korxona faoliyatini yetkazib beruvchilar bilan tizimli bog‘lash; 
Aynan ushbu savollar xarid logistikasining amaliy sohasidagi vazifalarini va 
qilinadigan ishlarini belgilaydi. 
Xarid logistikasiga doir vazifalar va ishlarni ko‘rib chiqamiz. 
1.
 
Moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash
Moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash jarayonida qishloq xo‘jaligi korxonasi 
ichidagi, moddiy resurslar iste'molchilarini aniqlash zarur. Keyinchalik moddiy resurslarga 
bo‘lgan ehtiyoj hisoblanadi. Bunda mahsulot yetkazishning og‘irligi, o‘lchami, va boshqa 
parametrlariga, hamda servisiga talablar o‘rganiladi. Bundan keyin nomenklatura va (yoki) 
nomenklatura guruhlarining har bir pozitsiyasiga reja-grafiklar va maxsus ko‘rsatmalar ishlab 
chiqiladi. 
Iste'mol qilinadigan moddiy resurslar uchun «ishlab chiqarish yoki xarid qilish» 
muammosi ko‘rib chiqilishi mumkin. 
2.
 
Xarid bozorini tekshirish.
Xarid bozorini tekshirish, yetkazib beruvchilar bozorining hatti-harakatlari tahlilidan 
boshlanadi. Bunda, bevosita bozorlar, o‘rnini bosadigan bozorlar va yangi bozorlar bo‘yicha 
barcha mumkin bo‘lgan yetkazib beruvchilarni aniqlash lozim. Keyinchalik, sotib olinayotgan 
moddiy resurslarning barcha mumkin bo‘lgan manbalarini boshlang‘ich baholash, hamda 
muayyan bozorga chiqish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni tahlil qilish lozim. 
3.
 
yetkazib beruvchilarni tanlash.
yetkazib beruvchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni to‘plashni, ularning ma'lumotlari 
bankini yaratishni, optimal yetkazib beruvchini izlashni, tanlangan yetkazib beruvchi bilan 
olib borilgan ish natijalarini baholashni o‘z ichiga oladi. 
4.
 
Xaridlarni amalga oshirish.
Ushbu funksiyani ro‘yobga chiqishi muzokaralar olib borishdan boshlanadi va 
shartnoma imzolanishi bilan yakunlanishi lozim. Shartnoma munosabatlari xo‘jalik aloqalarini 
shakllantiradi, ularning ratsionallashuvi esa logistikaning vazifasidir. Xaridlarni amalga 
oshirishni, xarid qilish uslubini tanlashni, yetkazish va pul to‘lash shartlarini ishlab chiqishni, 
hamda moddiy resurslarni tashishni tashkil etishni o‘z ichiga oladi. Bunda yetkazishlar grafigi 
tuziladi, ekspeditsiya ishlari amalga oshiriladi, va, lozim bo‘lsa, bojxona ishlari ham tashkil 


etilishi mumkin. Xaridlar, qabul qilish nazoratini tashkil etish bilan nihoyasiga yetadi. 
5.
 
yetkazib berishlarning nazorati.
yetkazib berishlarning nazoratini eng muhim vazifalaridan biri bu sifat nazoratidir, 
ya'ni sifatli va brak mahsulotlar sonini hisoblab borish. Shuningdek yetkazib berishlar 
nazoratiga yetkazishlar muddatini kuzatish (erta yoki kech yetkazishlarni soni), buyurtmani 
qabul qilinishi muddatlarini, tashish muddatlarini kuzatish, hamda moddiy resurslar zaxiralari 
holatining nazorati ham, kiradi. 
6.
 
Xaridlar byudjetini tayyorlash.
Xarid qilish faoliyatining muhim qismi bu iqtisodiy hisob-kitoblardir, chunki har bir 
ish bo‘yicha xarajatlar qancha bo‘lishini aniq bilish lozim. Bunda xarajatlarning quyidagi 
turlari aniqlanadi: 

moddiy resurslarning asosiy turlari bo‘yicha buyurtmalarni bajarish xarajatlari; 

tashish, ekspeditsiya va sug‘urta xarajatlari; 

yukni qayta ishlash xarajatlari; 

yetkazib berish shartnomasi shartlari bajarilishini nazoratiga bo‘lgan xarajatlar

moddiy resurslarni qabul qilish va tekshirishga bo ‘lgan xarajatlar; 

potensial yetkazib beruvchilar xaqida ma'lumot izlashga bo‘lgan xarajatlar. 
Iqtisodiy hisob-kitoblar qilish doirasidagi xarid logistikasi vazifalariga, moddiy 
resurslar tanqisligi tufayli yuzaga kelgan chegirmalarni ham kiritish lozim. 
1.
Xaridlarning ishlab chiqarish, sotish, omborga qo‘yish va tashish, hamda yetkazib 
beruvchilar bilan tizimli o‘zaro aloqasi.
Xarid logistikasining ushbu o‘ziga xos masalasi, yuqorida qayd etilganidek
xaridlarning ishlab chiqarish va sotish bilan tizimli o‘zaro aloqalarini tashkil etish vositasi 
orqali, hamda rejalashtirish, iqtisodiyot, texnika va texnologiya sohalarida yetkazib 
beruvchilar bilan aloqalar o‘rnatish orqali yechiladi. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin