Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni


(tashkil etish): logistik tizim unsurlari orasidagi aloqalar



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/62
tarix26.11.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#135924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

(tashkil etish): logistik tizim unsurlari orasidagi aloqalar 
ma'lum tarzda tartiblashtirilgan bo‘ladi, bu esa logistik tizim tashkil etilganidan 
dalolat 
beradi. 
To ‘rtinchi xususiyat
(integrativ jihatlar): logistik tizim, uning biror
-bir unsuri 
ham alohida ravishda ega bo‘lmagan jihatlarga (xususiyatlarga) ega. Bu zarur bo‘lgan 
tovarni, zarur vaqtda, zarur joyga, lozim bo‘lgan sifatda va minimal xarajatlar bilan 
yetkazish qobiliyati, 
hamda tashqi muhitning o‘zgaruvchan sharoitlariga (talabning 
o‘zgarishi, texnik vositalarning ishdan chiqishi va h.) moslashish qobiliyatidir.
Logistik tizimning integrativ jihatlari, unga materiallarni xarid qilish, uni o‘z 
ishlab chiqarish quvvatlaridan o‘tkazish hamda tashqi muhitga chiqarish imkonini 
beradi, va shu bilan birga oldindan belgilangan maqsadlarga ham erishiladi.
Paydo bo‘lgan talabga, mahsulotni tezda yetkazib berish bilan javob beradigan 
logistik tizim, ishlab chiqarish korxonasi hududidan to mamlakat hududigacha va undan 
ham katta bo‘lishi mumkin. U tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashib, ko‘nikib, ularga 
tezda javob qaytarishi mumkin.
Logistik tizimga berilgan umumiy ta'rif quyidagicha: 
logistik tizim
-u yoki bu 
logistik funksiyalarni bajaruvchi, teskari aloqaga ega bo‘lgan, tashqi muhit sharoitlariga 
yaxshi moslashuvchan tizimdir. U odatda bir necha tizimchalardan tashkil topgan, va 
tashqi muhit bilan mustahkam aloqalarga ega bo‘ladi. Logistik tizim sifatida sanoat 
korxonasi, qishloq xo‘jalik korxonasi, hududiy ishlab chiqarish majmuasi, savdo 
korxonasi va boshqalar ko‘rilishi mumkin. Logistik tizimning 
maqsadi - 
bu 
xarajatlarning berilgan chegarasida, tovar va buyumlarni belgilangan joyga, zarur 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin