kamaytirishga imkon yaratib, ombor quvvatlari va xodimlariga bo‘lgan talabni kamaytiradi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotishda bu tizim quyidagi sxemalarning biri bo‘yicha
amalga oshadi:
❖
Chakana savdo korxonasi ombori - do‘kon
❖
Ulgurji savdo korxonasi ombori - do‘kon
❖
Xo ‘j alik xo ‘j aligi - do‘kon
«Aniq muddatga» tizimini qo‘llash juda ham mashaqqatli ishdir. Uni qo‘llashdan
oldin, «aniq muddatga» tizimi uslubi bo‘yicha ishlash eng katta samara berishi mumkin
bo‘lgan ahamiyatli pozitsiyalarni aniqlash maqsadida, yetkazib
berilayotgan tovar yoki
ishlab chiqarish resurslari assortimentini differensiatsiyalash kerak. Differensiatsiya quroli
sifatida turli tahlil usullarini qo‘llash mumkin.
«Aniq muddatga» tizimini qo‘llashdan olinadigan asosiy samarani quyidagicha
ifodalasak bo‘ladi:
-
yetkazib berishlarning texnologik zanjiridagi bir qator operatsiyalar chiqarib
tashlanadi;
-
joriy zaxiralar
kamayadi, chunki mehnat buyumlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri sexga yoki
do‘konga borib tushadi;
-
yaxshi ma'lum bo‘lgan yetkazib beruvchilar va tashuvchilar bilan uzoq muddatli
munosabatlar o‘rnatilishi hisobiga yetkazib berishlarning ishonchliligi oshadi, bu esa
sug‘urta xarajatlari kamayishiga olib keladi;
-
yaqin masofada joylashgan yoki omborlari mavjud
yetkazib beruvchilar bilan
ishlash natijasida yo‘l xarajatlari ham kamayadi;
-
mahsuloti sertifikatlangan yetkazib beruvchilar bilan ishlash natijasida,
mahsulot sifati ham oshadi;
-
«aniq muddatga» tizimini qo‘llashdan ikki tomonlama manfaat ko‘zlanadi, bu
esa yetkazishlar ishonchliligining oshishiga olib keladi.
«Aniq muddatga» tizimini qo‘llash oldida turgan ayrim muammolarga ham
to‘xtalib o‘tish lozim.
Dostları ilə paylaş: