tashish narxidir. Raqobat sharoitida yuzaga keluvchi mijoz uchun kurash transport tariflariga
ham o‘zgartirish kiritadi.
Har xil yig‘imlar tarif stavkalarini mohirona boshqarilishi, yuk tashish bilan qo‘shimcha
xizmatlarga (yuklarni ko‘riqlash, kuzatish,) talabni oshirishi mumkin.
Transportning har xil turlaridagi tariflar tizimlari o‘z xususiyatlariga ega. Ularning
qisqacha tavsifiga to‘xtalib o‘tamiz.
Temir yo‘l transportiga yuklarning tashishni tashishining
qiymatini belgilash uchun
umumiy, maxsus, imtiyozli, mahalliy tariflar qo‘llaniladi.
Umumiy tariflar - bu tariflarning asosiy turidir. Ularning yordamida yuklarining asosiy
massasini tashish qiymati aniqlanadi.
Maxsus tariflar deb-Maxsus ustamalar yoki chegirmalar bilan umumiy tariflarni
farqlanuvchi tariflarga aytiladi. Bu tariflar oshirilgan yoki kamaytirilgan bo‘lishi mumkin. Ular
odatda faqat muayyan yuklarga nisbatan qo‘llaniladi. Maxsus tariflar tovar mahsulotlari ishlab
chiqaruvchilarning joylashuviga ta'sir etishiga imkon beradilar,
Chunki ular yordamida
qiymatlarni tartibga solish mumkin.
Imtiyozli tariflar muayyan maqsadlar uchun yuklarni tashishda o‘zlariga mo‘ljallangan
yuklarni tashishda qo‘llaniladi.
Mahalliy tariflarni ayrim temir yo‘llarning boshliqlari o‘rnatadi. Bu tariflar ushbu temir
yo‘l chegralarida amal qiluvchi yuklarni tashish uchun to‘lovlar o‘lchamini va turli yig‘imlar
stavkalarini o‘z ichiga oladi. Tashish to‘lovlaridan tashqari, temir yo‘l yuk oluvchi va
jo‘natuvchilaridan yuklarning tashish bilan bog‘liq qo‘shimcha xizmatlar uchun ham xaq oladi.
Bu to‘lovlar yig‘imlar deb aytiladi, va temiryo‘l tomonidan quyidagi operatsiyalarni bajargani
uchun olinadi:saqlash, yuk og‘irligini tekshirish, vagonlarni olib kelish va olib tashlash, ortish
tushirish ishlari va boshqalar.
Temir yulda yuklarni tashish to‘lovlariga ta'sir etuvchi asosiy omilarni sanab o‘tamiz.
Jo‘natish turi. Temiryo‘l bo‘ylab yuk vagonli, konteynerli kichik tonnali - 25
t gacha
og‘irligi va hajmi yarim vagongacha, va mayda tonnajli og‘irligi 10 t gacha va xajmi 1/ 3 vagon
hajmigacha, jo‘natishlar bilan jo‘natilgan bo‘lishi mumkin.
Tashish tezligi. Temiryo‘l bo‘ylab yuk: Yuk , katta yoki yo‘lovchi tezligida tashilishi
mumkin. Tezlik turi yuk sutkasiga necha km bosib o‘tishi lozimlini belgilaydi.
Tashish masofasi. Tashish to‘lovi yuk va katta tezlikda tashilganda tarif masofasi
uchun, katta hajmga ega bo‘lmagan yuklarni tashishda, yoki yuklarni yo‘lovchi
tezligida
tashishda xaqiqatdan bosib o‘tilgan masofa uchun olinadi.
Vagon yoki konteynerlarning mansubligi. Vagon, platforma yoki konteynerni, temir
yo‘lni , yuk oluvchini yoki yuk jo‘natuvchini mulki bo‘lishi mumkin.
Tashiladigan yuk miqdori-tashish qiymatiga muxim ta'sir etuvchi omil. Avtomobil
transportida yuk
tashishlar qiymatini
aniqlash uchun tariflarni
quyidagi turlarini qo‘llaydilar:
-yuk tashishga bo‘lgan kelishilgan tariflar.
-yuk tashishga bo‘lgan to‘lanadigan avtotonna - soat shartlaridagi tariflar.
-yuk avtomobillarini ishlatishi vaqti bo‘yicha tariflar.
-km hisobi bo‘yicha tariflar.
-harakat vositasining tarkibning boshqa joyga jo‘natish uchun tariflar.
-shartnomaviy tariflar.
Tarif to‘lovi o‘lchamiga quyidagi omillar ta'sir ko‘rsatadi.
-tashish masofasi.
-avtomobil yuk ko‘tarishini ishlatish imkoniyatini tavsiflovchi yukningt xajmi va
og‘irligi.
-avtomobil yuk ko‘tara olishi.
-umumiy bosib o‘tilgan yo‘l.
-avtotmobilni ishlatish vaqti.
-avtomobil turi.
-tashish amalga oshiriladigan hudud va bir qator boshqa omillar.
Avtomobil transportidan yuklarni tashishga bo‘lgan tariflarning har biri barcha omillar
yig‘indisini emas balki muayyyan tashish uchun ahamiyatli bo‘lganlarinigina hisobga oladi.
Masalan: Kelishilgan tarif bo‘yicha yuklarni tashish qiymatini hisoblash uchun tashish
masofasini, yuk massasini va avtotomobil yuk ko‘tar olishi darajasini tavsiflovchi, yuk sinfini
e'tiborga olish lozim. Yuk avtomobilalrini ishlatish vaqti tarifi bo‘yicha hisoblarni olib borishda
avtomobil yuk ko‘tara
olishini, avtomobildan foydalanishi vaqtini va umumiy bosib o‘tgan
yo‘lini hisobga olish kerak. Barcha hollarda avtomobillardan foydalanish uchun bo‘lgan to‘lov
kattaligiga, tashish amalga oshirayotgan hudud ham ta'sir ko‘rsatadi. Bu hududlar bo‘yicha yuk
tashishlar tannarxi darajasidagi barqaror farqlanishlar bilan tushuntiriladi. Hududiy
kooeffitsentlar yordamida tarif qiymatiga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Daryo transportida yuk tashish tariflari va qo‘shimcha xizmatlar uchun yig‘imlar bozor
konyukturasini hisobga olgan xolda mustaqil ravishda belgilanadi.
Dengiz transportida yuklarni tashish uchun to‘lovlar tarif bo‘yicha, yoki FRAXT
stavkasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Agarda yuk muntazam amalga oshirilayotgan yuk oqimi
bo‘yicha harakatlansa, unda tashish chiqimi kemalar yurishi tizimi bilan amalga oshiriladi.
Bunda yuk jaddval bo‘yicha va e'lon qilingan tarif bo‘yicha hisoblanadi.
Yuk muntazam yuk oqimi bo‘yicha harakatlanmagan hollarda tashish FRAXT stavkasi
bo‘yicha to‘lanadi. FRAXT stavkasi bozorning kon'yukturasidan
kelib chiqib belgilanadi va
uning tarnsport tavsiflariga yo‘nalish sharoitlariga va xarajatlariga bog‘liq.
Har kanday uskuna yoki jixozlarning unumdorligi deyilganda ularning vaqt birligida
ishlab chiqargan mahsuloti tushiniladi. Avtomobillar yuk ma'lum masofaga tashib berishni
hisobga olib, ularning unumdorligi vaqt birligida tashilgan yuk miqdori va tonna kilometrlarda
o‘lchanuvchi transport ishidan iboratdir.
Masalan, avtomobilning yuk Bilan bir qatnovidagi yuk miqdorida o‘lchanuvchi
unumdorligi:
Dostları ilə paylaş: