Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

www.ziyouz.com kutubxonasi 
142
398-bob. Ko'zi ojizlarni adashtirish haqida 
916. Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Kim ko'zi ojiz kishilarni 
adashtirsa, unga Allohning la'nati bo'lsin!" - dedilar". 
399-bob. Zulm, buzg'unchilik haqida 
917. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Makkadagi uylarining hovlisida 
o'tirganlarida oldilaridan Usmon ibn Maz'un (r.a.) o'tib, Payg'ambar (s.a.-v.)ga qarab 
kulimsiradi. Rasululloh (s.a.v.) shunda unga: "Kel, o'tir", dedilar. U "Xo'p", dedi. Ul zot 
uning ro'parasiga o'tirdilar. Unga gapirayotab ko'zlarini osmonga tikdilar va: "Hozirgana 
sen o'tirgan vaqgda Allohning elchisi (Jabroil (a.s.) mening yonimga keldi", dedilar. 
Usmon: "U nima dedi sizga?" - deb so'ragan edi, ul zot "Nahl" surasi 90-oyatni o'qib 
berdilar. Usmon: "Bu qalbimda imon o'rnashib, Muhammad (s.a.v.)ni yaxshi ko'rib 
qolganimda ro'y bergan edi", dedi". 
400-bob. Zulmning jazosi haqida 
918. Ubaydulloh ibn Anas otasidan, u esa bobosidan nakl qilgan. Rasululloh (s.a.v.) 
aytmishlar: "Har kim ikki qizni tarbiyalab voyaga yetkazsa, u men bilan jan-natda mana 
shunday bo'ladi". deb ikki barmoqiarini juftlab ko'rsatdilar. Roviy Muhammadning 
aytishicha, Rasululloh (s.a.v.) shahodat barmoqlari bilan o'rta barmoq-larini juftlab 
qo'rsatganlar. 
919. Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: "Qarin-doshlik rishtalarini uzish va zulm 
insonning bu dunyodayoq jazo olishini tezlashtiradigan ikki (gunoh) eshigidir". 
401-bob. Aslzodalik, oqsuyaklik haqida 
920. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat etilishiga ko'ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday deb 
marhamat qildilar: "Aslzoda, ya'ni karim o'g'li karim, karim o'g'li karim, karim o'g'li 
karim, Ibrohim naslidan Ishoq o'g'li Ya'qub, Ya'qub o'g'li Yusufdir". 
921. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Qiyomat kunida 
do'stlarim taqvodorlardir, nasablar bir-biriga har qancha yaqin bo'lsa ham. Odamlar 
mening oldimga amallar bilan kelmaydilar. Sizlar dunyoni gardaningizga osib kelasiz va: 
"Ey, Muhammad!" - deya yordam so'raysiz. Men: "Shutsday-shuvday, yo'q", dey-man", 
dedilar va ikki tomonlarini ko'rsatdilar". 
922. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Men hech kimni ushbu oyatga amal 
qilayotganini ko'rmayapman: "Ey, insonlar! Darhaqiqat Biz sizlarni bir erkak (Odam (a.s) 
va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishingiz uchun sizlarni 
(turli-tuman) xalqlar va qabila (elat)lar qilib qo'ydik. Albatta, Alloh nazdida eng (azizu) 
mukarramrog'ingiz taqvodorrog'ingizdir..." (49:13). Odamlar bir-birlariga "Men sendan 
hurmatliroqman!" - deydi. Holbuki, birov birovdan faqat Alloh taologa qilgan taqvosi 
bilangina ustun va hurmatlidir". 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
143
923. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Hurmatga sazovorlikni siz nima deb o'ylaysiz? 
Alloh taolo hurmatga sazovorlik, oliyjanoblikni bayon qilib bergan:sizlarning 
hurmatlirog'ingiz taqvodorroshngizdir. As-lzodalik, oqsuyaklikni nima deb o'ylaysiz? 
Aslzoda-likda eng afzalingiz xulqi eng go'zal bo'lganingizdir". 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin