Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

www.ziyouz.com kutubxonasi 
157
450-bob. Salomni birinchi bo'lib boshlash haqida 
1011. Bashir ibn Yasor (r.a.) aytdilar: "Hech kim Ibn Umar (r.a.)dan avval salom bera 
olmas edi". 
1012. Jobir (r.a.) aytdilar: "Otliq piyodaga, piyo-da esa, o'tirganga salom beradi. Piyoda 
yurganlarning ichida afzali esa, birinchi bo'lib salom berganidir". 
1013. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Rasulul-loh (s.a.v.)shshg ashoblaridan biri
Muzayn o'g'illaridan bo'lgan Ag'ar (r.a.) Amr ibn Avfo o'g'illaridan bir miqtsor xurmo 
olmoqchi edi. Shu sababli uning uyiga shoshilib bordi. Ag'ar: "Men Rasululloh (s.a.v.) 
huzur-lariga bordim.Abu Bakr (r.a.) ham men bilan birga edi. Yo'lda borar ekanmiz, 
yo'limizda uchragan barcha odam-lar bizga salom berardilar. Abu Bakr (r.a.): "Ko'rding-
mi, odamlar sendan oddin salom bermoqdalar, ularga javob qanday bo'lishi kerak - deb 
so'radilar va o'zlari javob berdilar. - Salom berganga alik olmoq farzdir". 
1014. Abu Ayub Ansoriydan rivoyat qilindi: "Ra-sululloh dedilar: "Musulmon kishi 
birodari bilan ko'rishganda bir-biridan teskari qarab ketishi va 3 kundan ortiq arazlashib 
yurishi halol emas. Ularning yaxshirog'i birinchi salomni boshlaganidir". 
451-bob. Salomning fazilati haqida 
1015. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir yig'inda o'tirganlarida bir kishi 
kelib: "Assalomu alaykum", dedi. Rasululloh: "O'nta hasanot", dedilar. Yana bir kishi 
keldi-da:i "Assalomu alaykum va rahmatulloh", dedi. Ul zot: "Yigirmata hasanot", deb 
qo'ydilar. So'ng yana bir kishi kelib: "Assalomu alaykum va rahmatullohi va 
barakotuhu", dedi. Ul zot: "O'ttizta hasanot", dedilar. Shunda bir kishi yig'in-dan turib 
ketayotib salom bermadi. Rasululloh (s.a.v.): "Do'stingiz salomni unutayozdi, agar 
birortangiz odam-lar to'plangan joyga kelsangiz salom bering, joy ko'rsatilsa o'tiring, 
turib ketishda (yana) salom be-ring. Birinchi (salom) ikkinchisidan (savob va fazi-latga) 
haqliroq emas", deya marhamat qildilar". 
1016. Hz. Umar (r.a.) aytdilar: "Men Abu Bakr (r.a-.)ning orqasidan ketayotgan edim. 
Bir qavmning oddidan o'tayotganda Abu Bakr: "Assalomu alaykum", dedi, ular: 
"Assalomu alaykum va rahmatulloqi va barokotuh", dedilar. Shunda Abu Bakr: "Bugun 
odamlar ko'pgana ziyodalik bilan bizdan ustundirlar", dedi". 
1017-hadis ham hz.Umar (r.a.)dan rivoyat qshshngan bo'lib, yuqoridagi hadisning aynan 
takroridir. 
1018. Oyisha (r.a.) onamizdan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Yahudiylar sizlarning 
salomingiz va ominingizga hasad qilganchalik bir ishda hasad qilmaganlar", dedilar". 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin