Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Piyoda otliqqa salom beradimi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

456-bob. Piyoda otliqqa salom beradimi 
1027. Husayn aytdilar: "Sha'biy otliq kishini uchratib qolib, birinchi bo'lib salom berdilar. 
Men: "Salomni nega siz boshladingiz?" - dedim. U kishi: "Men Shurayhning piyoda 
ketayotib birinchi bo'lib salom berganini ko'rganman", dedilar. 
Yuqorilagi hadislarda otliq piyoda kishiga salom berishi vo-jibligi haqida gapirilgan edi
bu hadisda esa, Sha'biyning otliqqa salom berishi aytilib, salomni kim boshlashi muhim 
emas, balki, salomning o'zi muhimligi ta'kidlanmokda. 
 
457-bobdagi 1028-1029-hadislar Fazala ibn Ubayd (r.a.)dan rivoyat qilingan bo'lib. 
1022-hadisning takroridir. 
458-bob. Kichiklarning kattalarga salom berishi haqida 
1030-hadis 1022-hadisning takroridir. 
1031. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kichiklar kattalarga, piyoda 
o'tirganga va kamchilik ko'pchilikka salom beradi", deya marhamat qildilar". 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
159
459-bob. Salomning oxiri haqida 
Ya'ni salomni qanday so'z bilan tugallanishi haqida. Muhammad ibn Ato (r.a.) aytdilar: 
"Abdulloh ibn Abbos (r.a.) huzurlarida o'tirgandim. Bir yamanlik kishi kelib: "Assalomu 
alaykum va rah-matullohi va barokatuhu", dedi va yana bir narsalarni qo'shib qo'ydi. 
Shunda Ibn Abbos (r.a.): "Salom - barakot tilash ("va baroka-tuhu" so'zi) bilan 
tutallanadi", dedilar. 
1032. Ibn Zannod aytdilar: "Xorija (Ibn Zayd ibn Sobit) (r.a.) Zayd ibn Aslamning 
maktubigi shunday deb (javob) yozgan edi: "Assalomu alayka, ey, mo'min-lar amiri, va 
rahmatullohi va barakatuh va mag'firo-tuhu va toyyibi salaYootuhu". 
460-bob. Ishora bilan salom berish haqida 
1033-hadis. Abu Qurra Xurosoniy aytdilar: "Men Anas (r.a.)ni bizning oldimizga 
kelayotganlarini ko'rdim, bizga qo'llari bilan ishora qilib salom berdilar, Hasanni ko'rdim, 
sariqqa belanib olgan, boshida qora salla bor edi". Asmo' (r.a.): "Payg'ambar(s.a.v.) 
ayollarga qo'llariny silkib salom berardi-lar", deb xabar berdilar . 
1034. Muso ibn Sa'dning otasi Sa'ddan rivoyat qilindi: "Abdulloh ibn Umar (r.a.) va 
Qosim ibn Muhammad (r.a.)lar yo'lga chiqdilar. Ikkisi loydan qurilgan bir kulbaga 
joylashdilar. Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) o'tib qolib, ularga qo'li bilan ishora qilib salom 
berdi va alik oddi". 
1035-hadis. Ato ibn Abu Raboh (r.al.) aytdilar: "Sahobiylar qo'l bilan salomlashishni 
yoqtirmas edilar". 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin