Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Turganda salom berish kishining haqidir



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

465-bob. Turganda salom berish kishining haqidir 
1041. Muoviya ibn Kurra aytdilar: "Otam menga: "Ey, o'g'lim, biror bir yig'inda 
bo'lganingda uning yaxshiligidan umid qilsang va hojatint tezda ravo bo'lishini istasang, 
"Assalomu alaykum" degin. (Bu bylan) sen o'sha yig'indagilar dardiga sherik bo'lasan. 
Qaysi bir qavm to'planib, Allohni eslamay tarqasa-lar, xuddiki o'limtik eshak atrofidan 
tarqalgan bo'la-dilar", degan edilar". 
1042. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Kim birodarini uchratib qolsa, unga salom bersin, 
ular o'rtasini (ketayotganlarida) daraxt yoki bir to'siq ajrada, uchrashganlaridan keyin 
ham salom bersin". 
1043. Anas ibn Molik ashdilar: "Rasuli akram (sav.)ning sahobiylari to'planishganida ular 
o'rtalarida bir daraxg chiqib qolsa, bir toifa daraxtning o'ng tomoni-dan, boshqasi chap 
tomonidan aylanib o'tishar, yana uch-rashganlarida bir-birlariga salom berishar edi". 
466-bob. Ko'rishish uchun qo'liga xushbo'y narsa surish haqida 
1044. Sobit Bunoniydan rivoyat qilindi: "Anas (r.a.) tongda turib birodarlari bilan 
ko'rishishlari uchun qo'llariga xushbo'y narsalar surar ekanlar". 
467-bob. Tanish va notanishlarga salom berish haqida 
1045. Abdulloh ibn Amr (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Bir kiish: "Ey, Allohning Rasuli, keysi 
Islom yaxshidir?" ~ dedi. Ul zot: "(Muhgojlarga) taom berishing, tanigan va 
tanimaganinga salom berishingdir", dedilar". 
Qaysi Islom yaxshidir - Islomdagi qaysi amal yaxshi, demoqchi (t.). 
468-bob. Yo'l odobi 
1046. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) ko'cha bo'yida va baland 
joyda (ya'ni ko'cha ko'rinib turadigan yerda) o'tirishdan qaytardi-lar. Shunda 
musulmonlar: "Biz bunga chiday olmaymiz, toqatimiz yetmaydi", dedilar. Ul zot: 
"Modomiki, chiday olmas ekansiz, unda ko'chaning haqini berib o'tiring", dedilar. Ular: 
"Ko'chaning haqi nima?" - deb so'rashdi. "Ko'zni yerga qaratish (ya'ni ko'zni nomahram-


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
161
lardan tiyish), yo'lovchilarga (agar adashib qolgan bo'lsa) yo'l ko'rsatish, aksa urib 
"alhamdulillah" degan kishiga "yarhamukalloh" deyish va salomga alik olishdir", deb 
javob berdilar". 
1047. Abu Hurayra: "Salomga baxillik qijan kishi eng baxil kishidir. Unga alik olmagan 
kishi esa, kamsi-tilgan bo'ladi. Agar (yo'dda birga ketayotgan) birodaring bilan sening 
o'rtangda daraxt chiqib qolsa, undan oddin salomni sen boshlay olsang, shunday qilgin", 
dedilar. 
1048. Abdulloh ibn Amr (r.a.)ning mavlosi (ozod etgan quli) Solim aytdilar: "Ibn Amrga 
salom berilsa, ziyodasi bilan alik olib javob kzytarardilar. Men oldila-riga kelib : 
"Assalomu alaykum", degandim, Ibn Amr: "Assalomu alaykum va rahmatulloh", deb 
javob berdilar. Ozginadan keyin yana kelib: "Assalomu alaykum va rahma-tulloh", 
dedim. U kishi: "Assalomu alaykum va rahmatul-lohi va barakotuh", dedilar. Yana 
oldilariga kelib: "Assa-lomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh", degandim, Ibn 
Amr: "Assalomu alaykum va rahmatullohi va barako-tuhu va tiyba salovotuhu", deb 
javob berdilar". 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin