Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-oob. Chiroqni o'chirish haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

583-oob. Chiroqni o'chirish haqida 
1257. Jobir ibn Abdulloh (r.a.)dan rivoyat qilini-shicha, Rasululloh (s.a.v.): "(Kechqurun 
yotishdan oldin) eshiklarni berkitinglar, suv idish (mesh)ning og'zi-ni bog'langlar, 
tovoqdarni to'ntarib qo'yinglar, idish-larning ustini yopib qo'yinglar va chiroqni o'chiring-
lar. Zero, shayton yopiq (eshik)ni ochmaydi, bog'liq (me-sh)ni yechmaydi, (og'zi yopiq) 
idishni ochmaydi. Sichqon bo'lsa, odamlarning uylarini yoqadi", dedilar. 
1258. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Bir sichqon ke-lib, chiroq piligini sudrab ketdi. Joriya 
uni hayda-moqchi bo'lib ketayotganda, Rasululloh (s.a.v.): "May-li, tegma unga", 
dedilar. Sichqon piligni sudrab ke-lib ul zot o'tirgan yopinchiq ustiga tashladi. Yopinchiq-
ning tangaday joyi kuydi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Agar uxlashga yotsangiz, 
chiroqlaringizni o'chiring, chunki shayton shu sichqon kabilarni yo'naltirib, siz-larni 
kuydiradi", dedilar". 
1259. Abu Said Xudriy (r.a.) aytdilar: "Kunlardan bir kun Payg'ambarimiz (s.a.v.) 
kechasi uyg'onib ket-dilar. Qarasalar, bir sichqon chiroq piligini tortqi-lab, ularni yondirib 
yuborish uchun tomga ko'tarib ke-tayotgan ekan. Ul zot uni la'natladilar va mahramla-
riga uni o'ldirishni halol qildilar". 
584-bob. 
1260. Solim otalaridan rivoyat qiddilar: Rasulul-loh (s.a.v.): "Uyquga ketishingizdan 
oldin uyingizda olov qoldirmang", deya marhamat qildilar. 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
190
1261. Ibn Umar (r.a.)day rivoyat qilinishicha, hz. Umar (r.a.): "Haqiqatda olov 
dushmandir, undan ehtiyot bo'ling", dedilar. Ibn Umar (r.a.) ahl-ayollariga olov yoqib 
berar, yotishdan oldin o'chirib yotardilar. 
1262. Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilinishicha, Rasululloh (s.a.v.): "(Yotar 
chog'ingizda) uylaringizda olovni (yoniq hodtsa) qoldirmang, zero, u ham dush-manning 
bir xilidir", deb marhamat qildilar. 
1263-hadis 1259-hadisning aynan takrori. Faqat u Abu Muso Lsha-riydan rivoyat 
qilingan. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin