Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə227/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

www.ziyouz.com kutubxonasi 
195
612-bob. Kaptar qimori haqvda 
1299. Abu Hurayra (r.a.)ning oldilariga bir kishi kelib: "Biz bir-birimiz bilan ikki 
kaptardan garov o'ynaymiz", dedi. Abu Hurayra (r.a.): "Bu yosh bolalar-ning ishidir, 
tezda bu ishingizni tashxang", dedilar. 
613-bob. Ayollarning tuyalarini haydab borish haqida 
1300. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Baro ibn Molik xirgoyi qilgan holda 
erkaklarning tu-yalarini haydab borardi. Anshaja esa, ayollarning (tu-yalarini) haydardi. 
U xushovoz edi. Rasululloh (s.a.v.) unga: "Ey, Anshaja, ayollar (tuyalarini) ohista 
yurg'iz", dedilar. 
614-bob. Ashula haqida 
1301. Ibn Abbos Alloh taoloning: "Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular 
bilimsizlik bilan....behuda so'z(lar)ni sotib olurlar..." (31:6) oyatidagi (behuda so'z)ni 
"ashula va shunga o'xshash narsalardir", deganlar. 
1302. Baro ibn Ozib aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Salomni oshkora beringlar. Dilxushlik 
zarardir", dedilar. 
1303. Fuzola ibn Ubayddan rivoyat qilindi: Bir jamoa ichida o'tirgandilar, odamlarning 
nard o'ynayotganlari haqida xabar keddi. U kishi nihoyat daraja-da g'azablanib, 
o'rinlaridan turib ketdilar. So'ng: "Uning qimoridan (keladigan narsani) yeyish uchun 
o'ynaydigan odam xuddi chuchqaning go'shtini yeb, qoni-ga cho'milgan kabidir", dedilar. 
615-bob. Nard o'ynayotganlarga salom bermagan kishi haqida 
1304. Fuzayl ibn Muslim otalaridan rivoyat qildilar: Hz. Ali (k.v.) bino eshigidan chiqib, 
nard o'ynayotganlarni ko'rsalar ulardan uzoqlashardilar hamda ularga salom bermaslikka 
buyurardilar. 
616-bob. Nard o'ynaganning gunohi haqida 
1305. Abu Muso Ash'ariy (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh: "Kimki nard o'ynasa, Alloh 
va rasuliga osiy bo'libdi", dedilar. 
1306. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.): "Ushbu ikki ni-shonli, man qilingan kubdan saklaning
zero u qimordir", dedilar. 
1307. Burayda (r.a.)ning rivoyat qilipshariga ko'ra Rasululloh shunday demishlar: "Kimki 
nard o'ynasa, qo'lini cho'chqaning etiga va qoniga botiribdi". 
1308-hadis 1305-hadisning aynan takrori. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin