Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
68
Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilingan 429-hadis 428-hadisning takrori.
430. Nabiy muhtaram (s.a.v.) sahobiylaridan "Tuhmat
yoki chaqimchilik nima,
bilasizlarmi?" - deb so'radilar. Sahobiylar: "Buni Alloh taolo va uning Rasu-li yaxshiroq
biladi", - deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): "Bu - odamlarning orasini buzish uchun gapini bir-
birlariga naql qilib yurishdir", dedilar.
431. Yana Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taolo tavoze'lik bo'linglar va
biringiz ikkinchi kishiga
zulm qilmasin, deb menga vahy qildi", dedilar.
Tavoze' - lug'aviy ma'nosi kamtarlik, adablilik. Istilohiy ma'noda Alloh taologa bandalikni
izhor qilib, buyruqlarini bajarish va qaytargan ishlaridan qaytish, boshqa kishilardan
o'zini ustun bilmay, insoniylik jihatidan hammani teng huqukli hisoblab, ularning
yordamiga hamma vaqt ehtiyoji borligini e'tirof qilmoqtsan iboratdir.
201-bob. So'kishadigan ikki kishi shaytondir
432. Ayyoz ibn Hammor (r.a.): "Men Rasululloh (s.a.v.) dan: "Yo Rasulalloh, bir kishi
meni so'ksa, nima qilay?" deb so'radim. Rasululloh (s.a.v.): "Bir-birini so'kuvchi ikki
kishining ikkalasi ham shaytondir. Ular yomon gapni gapiradi va yolg'on so'zlaydi",
dedilar".
433. Yana Ayyoz ibn Hammor (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)
bilan urushgan va
u zotga qarshi harakat qiluvchi odam edim (boshqa rivoyatda: haramiy edim).
Musulmon bo'lishimdan ijari u zotga bitga urg'ochi teva hadya qilganimda qabul
qilmadilar va: "Men mushriklarning tuhfa, hadyalarini makruh ko'raman", dedilar".
Haramiy - haramlik, ya'ni, Makkada yashamaydigan bir kishi Makkada (haram sharifda)
turadigan odam bilan do'stlashadi. Xonai Ka'bani tomosha qilishga kelganida shu
do'stining kiyimlarini kiyib va taomlarini yeb turadi va o'z kiyimini kiymaydi, taominiham
yemaydi, shu do'stining kiyimida tavof qiladi.
Dostları ilə paylaş: