Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Batsdaning ajali yetmaguncha duoning qabul bo'lishi haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

284-bob. Batsdaning ajali yetmaguncha duoning qabul bo'lishi haqida 
671. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan biringizning shoshilmay 
qilgan duosi qabul bo'ladi. (Vaholanki) u duo qildimu, lekin ijobat bo'lmadi", deydi", deya 
marhamat qildilar. 
672. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan biringiz gunoh 
qilmagan va qarindoshlik aloqalarini uzmagan holida duo qilsa yoki sabrsizlik bilan 
shoshib duo qildim, lekin duoim ijobat bo'lmadi, deb iddao qilmasa, albatta duosi ijobat 
bo'ladi", dedilar". 
285-bob. Dangasalikdan va qarzdorlikdan panoh so'rash haqida 
673. Amr ibn Shu'ayb otasidan, u esa bobosidan rivoyat qilib dedi: "Men Rasululloh 
(s.a.v.)ning: "Ey, Allohim, men Sendan dangasalikdan, qarzdorliqdan panoh so'rayman 
va Masihi Dajjolning fitnasidan panoh so'rayman hamda qabr azobidan panoh 
berishingni so'rayman", deganlarini eshitdim. 
674-hadis 664-hadisning aynan takroridir. 
286-bob. Duo qilinmasa, Allohning g'azablanishi haqida 
675-hadis. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimki murodini Allohdan 
so'ramasa, Alloh unga g'azab qiladi", dedilar". 
676-hadis 675-hadisning aynan takroridir.  


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
107
677. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohdan biror narsa 
so'ramoqchi bo'lsangiz, duoingizda qat'iy turing va "xohlasang bergin" demangiz, zero 
Alloh so'ragan kishini yaxshi ko'radi", dedilar". 
678. Hz. Usmon (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimki ertalab va 
kechqurun uch martadan: "Bismillahillazi la yadurru ma'asmihi shay'un fi-l-arzi va la fi-
s-samai va huva-s-sami'u-l-'alim", desa, unga hech narsa zarar yetkaza olmaydi", 
dedilar". 
Duo mazmuni: Uning ismi bilan yeru osmonlarda hech narsa zarar keltirlmaydigan Alloh 
taoloning ismi bilan . 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin