Al-adab al-mufrad. Imom
Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
123
Mas'ud: "Rasululloh (s.a.v.)ning "Gumon qiluvchi odam juda yomon insonning ulovidir".
deganlarini eshitganman, yana shunday deb ta'-kidlaganlarini ham eshitganman: "Bir
mo'minni la'natlash uni o'ldirmoq kabidir", deb xabar qildilar.
327-bob. Bilmagan narsasini "Alloh biladi", demasin
785. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Sizlardan birortangiz bilmagan narsasi xususida "Buni
Alloh biladi", demasin. Chunki Alloh.bundan boshqa narsalarni
ham bilguvchi va u
bandalarga bilmagan narsasini o'rgatuvchidir. Shuning uchun bunday deyishlik Alloh
huzurida katta gunohdir".
328-bob. Kamalak haqida
786. Ibn Abbos aytdilar: Somon yo'li osmon eshiklaridan biridir. Kamalak esa, Nuh (a.s.)
qavmi g'arq bo'lgandan keyin insoniyatni g'arq bo'lishdan saqlab kelmoqda.
329-bob. Somon yo'li galaktikasi haqida
787. Abu Tufayldan rivoyat qilindi: "Ibn Kavvo hazrat Alidan somon yo'li haqida so'radi.
"U osmonning chiqish teshigidir. Undan daryoday davomli oquvchi suv bilan osmon yuzi
ochiladi", deb javob berdilar".
788. Ibn Abbos aytdilar: "Kamalak yer yuzi aholisi uchun g'arq bo'lishdan omonlikdir.
Somon yo'li esa, osmonning eshigidir Osmon o'sha somon yo'lidan yoriladi".
'Munajjimlikka oid ilmiy ishlar va entsiklopediyalarda yozilishicha, Somon yo'li Veronika
sochlari turkumida bo'lib, osmonni deyarli katga aylana bo'ylab o'rab olgan yorug' yo'l.
Islom aqidasiga ko'ra, ana shu aylana osmon qopqasi va u ajralib ketishi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: