Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Sarm degan ism haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

362-bob. Sarm degan ism haqida 
845. Abdurrahmon ibn Saiddan rivoyat qilindi: Sa'idning ismi Sarm edi. Rasululloh 
(s.a.v.) uni "Sa'id", deb nomladilar. 
846. Hz. Ali (k.v.) aytdilar: Hasan tug'ilgan vaqgda unga Harb, deb ism qo’ydim. 
Rasululloh (s.a.v.) kelib: "Menga o'g'limni ko'rsating-chi, ismini nima deb qo’ydingiz?" - 
dedilar. Biz: "Uni Harb deb nomladik", deganimizda, "Yo'q, uning ismi Hasan", dedilar. 
Husayn tug'ilganda, uni ham Harb deb nomladim. Rasululloh (s.a.v.) kelib: "Menga 
o'g'limni ko'rsating-chi, ismini nima deb qo'ydin-gaz?" - dedilar. Biz: "Harb", dedik, 
"Yo'q, uning ismi Husayn", dedilar. Uchinchi o'g'lim tug'ilganda unga Harb deb nom 
qo'ydim. Rasululloh (s.a.v.) kelib: "Menga o'g'limni ko'rsating-chi, ismini nima deb 
qo'ydingiz?" - dedilar. "Harb", dedik. "Yo'q, u Muhsindir", dedilar. So'ng: "Men bularni 
Horun (ax.)ning Shibr, Shubayr va Mubashshir degan o'g'illarining ismlari kabi 
nomladim", dedilar". 
363-bob. G'urob degan ism haqida 
847. Ummu Roita binti Muslimning otasi aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.) bilan Hunayn 
g'azotida birga qatnashdim. Ul zot mendan: "Oting nima?" - deb so'radilar. "G'urob" 
deganimda, "Yo'q, sening isming Muslim bo'lsin", dedilar. 
Sarm - keskin ma'nosini anglatadi,
Sa'id - baxtli degani. 
Hasan - yaxshilik, ezgulik degani, Husayn Hasanning erkalatib aytilgani,
Muhsin - yaxshilik qiluvchi degani. 
G'urob - qarg'a. 
Muslim - bo'ysungan, itoatkor. 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
133
364-bob. Shihob ismi haqida 
848. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasulullohhuzur-larida uni Shihob, deb 
chaqiripsharini aytdi. Rasululloh (s.a.v.): "Yo'q, sening oting Hishom bo'lsin" dedilar. 
Shihob - nur, shu'la, yulduz, olov, Hishom - kamtarlik, tovozelik, uyatchanlik ma'nolarini 
anglatadi. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin