Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

365-bob. Al-Os ismi haqida 
849. Abdulloh ibn Muti' aytdilar: "Muti'dan eshitdim: "Rasululloh (s.a.v.) Makka fathi 
kuni "Quraysh qabilasi bundan keyin to qiyomatgacha qatli om qilin-maydi", dedilar. 
O'shanda Muti'dan boshqa quraysh osiylari Islomga kirmagandilar". Uning ismi Al-Os 
edi. Rasululloh (s.a.v.) uni Muti' deb nomladilar. 
“Al-Os” arab tilida' "osiy, gunohkor" degani bo'lib, Muti'ning ismi ham shunday edi. 
"Muti'" esa, "bo'ysinuvchi" , "itoatkor" degan ma'nodadir. Quraysh qabilasida Mutadan 
boshqa yana to'rtta Al-Os ismli kishilar bo'lib, ular hali Islomni qabul qilmagandilar. 
366-bob. Ismni qisqartirib chaqirish haqida 
850. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Oyish! Jabroil (a.s), senga salom 
yo'llamoqdalar", dedilar. Men unga ham Allohning salomi va rahmati bo'lsin, dedim. Ul 
zot men ko'rmagan narsani ko'rardilar". 
851. Ibrohim Basriy aytdilar: "Hajga borib kelgan buvim Ummu Kulsum binti Samoma 
menga aytib bergandilar: akalari Maxoriq ibn Samoma Ummu Kulsumga: "Oyisha 
(r.a.)ning oldilariga kirib, ulardan Usmon ibn Affon (r.a.) haklarida so'rab chiqing, 
odamlar u kishi haqida juda ko'p gapirmoqdalar", dedilar. Ummu Kulsum aytdilar: "Men 
Oyisha (r.a.)ning huzurlariga kirib: "O'g'illaringizdan biri sizga salom yo'lladi va Usmon 
ibn Affon (r.a.) haqlarida fikringizni so'ra-di", dedim. Oyisha (r.a.): "Unga ham Allohning 
salomi va rahmati bo'lsin. Usmon ibn Affon (r.a.) haqida bo'lsa, men shunga 
guvohmanki, mana shu uyda, issiq bir kecha-da Payg'ambar (s.a.v.)ga Jabroil (a.s.) 
vahiy olib tush-gan edilar, Usmon (r.a.) ham shu yerda edilar. Payg'am-bar (s.a.v.) 
Usmon (r.a.)ning yelkalariga urib: "Yoz, ey, Usm", degan edilar. Alloh taolo Rasululloh 
(s.a.v.) tili bilan shunday yuksak darajaga ko'targan odam (Usmon) albatta yaxshi 
odamdir. Kimki Usmon (r.a.)ni so'ksa, unga Allohning la'nati bo'lsin!" - dedilar. 
U kishi haqida ko'p gapirmoqdalar deyishdan murod yomon gaplardir.Bu o'rinda 
"o'g'illaringizdan biri" deyilishiga sabab, Alloh taolo Qur'onda bildirgani kabi Rasululloh 
(s.a.v.)ning ayollari barcha mo'minlarning onalari bo'lganliklari uchundir. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin