Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

367-bob. Zahm ismi haqida 
852. Bashir ibn Nuhayk aytdi: "Bashir ibn Hasosiy (r.a.)ning ilgariga ismi Rasululloh 
(s.a.v.) huzurlariga borguniga qadar Zahm edi. "Sening isming nima?" - deb so'radilar 
Rasululloh (s.a.v.). "Zahm", deb javob berdi. Rasululloh (s.a.v.) buni eshitib: "Yo'q, 
sening isming Bashir bo'lsin", dedilar. Men bir kuni Rasululloh (s.a.v.) birga edim, ul zot: 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
134
"Ey, Hasosiy! Sen Allohdan rozi bo'lginki, qaysidir yaxttti ishing uchun u seni O'zining 
Rasuli bilan birga bo'lmoqqa muyassar etdi", dedilar. "Oga-onam sizga fido bo'lsin. 
Allohdan hech bir shikoyatim yo'q. U har bir xayrli ishga meni yo'lladi", dedim. Biroz 
yurgach, mushriklarning qabristoni yonidan o'tdik. "Mana bular barcha xayrli ishlardan 
yuz o'girib o'tdi-lar", dedilar. So'ngra musulmonlarning qabristoni yonidan 
o'tayotganimizda: "Bular esa, barcha xayrli ishlarni qildilar", deb marhamat qildilar. Shu 
orada qabrlar ustida poyabzali bilan yurgan bir odam ko'rindi. "Ey, sabtiya kiyib olgan 
odam! Poyabzalingai yechib tashla!" - deb buyurdilar. U ham tezda poyabzalini yechib 
tashladi . 
853-hadis mazmunan 852-hadisning takrori, bu hadis Hasosiyning xotini Laylodan 
rivoyat qilingan. 
368-bob. Barra degan ism haqida 
854. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilindi: "Juvayriyaning ismlari Barra edi, Rasululloh 
(s.a.v.) uni Juvayriya, deb nomladilar". 
855. Abu Hurayra aytdilar: "Maymunaning ismlari Barra edi, Payg'ambar (s.a.v.) unga 
Maymuna ismini berdilar". 
Mazkur hadis mazmuni Bashir ibn Ma'bad Sadusiqdan rivoyat Qilingan 793-hadisda ham 
bor.
Maymuna - baxtli, qutlug'. 
369-bob. Aflah ismi haqida 
856. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) Rasululloh (s.a.v.) dan rivoyat qildilar: "Xudo menga umr 
bersa, inshoalloh, ummatlarimni dan qaytaraman", dedilar. Roviy A'mash: "Rafi' ismi 
haqida gapirgan yo gapirmaganlarini bilmayman", dedi. Odamlar: "Barakot bu yerdami?" 
- deb so'raganda. "Bu yerda emas", deb javob beriddi. (Bu bilan ism emas, so'zning 
ma'nosi nazarda tutilmoqda). Rasululloh (s.a.v.) vafot etgunlarigacha bu ismlarni 
taqiqlamadilar. 
857. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) Ya'lo, Baraka, Nofi', Yasor, 
Aflah va shunga o'xshash ismlar quyishdan qaytarishni xohladilar. So'ngra1 sukutga 
cho'mdilar va boshqa hech narsa demadilar. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin