Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

372-bob. Hazn ismi haqida 
864. Sa'id ibn Musayyib otasidan, u bobosidan rivoyat qildi: (Sa'idning bobosi Hazn) 
Payg'ambar (s.a.v.) huzurlariga kelganida undan: "Isming nima?" ~ deb so'radilar. 
"Hazn", dedi. Ul zot: "Endi isming Saxl bo'lsin", dedilar. U: "Men otam qo'ygan ismni 
o'zgartirmayman", dedi. (Ibn Musayyib aytadi: hali hamon uyimizdan g'am-anduh 
arimaydi). 
"Hazn"ning ma'nosi "g'am-anduh", shuning uchun Rasululloh uni o'zgartirishni 
aytganlarini hamda so'zlari qabul bo'lmay, yerda qolishining oqibati qanday bo'lishini 
anglatilmoqchi. 
 
865-hadis mazmuni 864-hadisda aynan takrorlangan. 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
136
373-bob. Payg'ambarimiz (s.a.v.)ning ism va kunyalari 
866. Jobir (r.a.) aytdilar: Bir xonadonda farzand tug'ildi. Ismini Qosim deb qo'ydi. 
Ansorlardan biri: "Senga Abulqosim kunyasini bermaymiz, bu kunya bilan seni 
ulug'lamaymiz", dedi. Farzand ko'rgan ota Rasululloh (s.a.v.)ga borib bu haqda arz qildi. 
Rasululloh (s.a.v.): "Juda yaxshi aytibdi, ismimni ism kilib qo'ying, lekin kunyamni ism 
qilib qo'ymang, chunki men Qosimman". 
867. Ibn Xanafiya aytdilar: "Hz. Ali (k.v.): "Ey, Allohning Rasuli, sizdan keyin 
farzandimga ismingizni yoki kunyangizni qo'ysam bo'ladimi?" - deb so'radilar. "Ha", deb 
javob berdilar ul zot". 
868-hadis 866-hadisning mazmunan takrori. 869-hadis ham Anas ibn Molikdan rivoyat 
tsshingan bo'lib, 860-hadisning takroridir, Abu Huray-radan rivoyat tsilingan 859-
hadisda ham, Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilingan 860 va 862-hadislarda ham shu 
mazmun ifoda etshgan. 
374-bob. Mushrik ham kunyasi bilan chaqiriladimi 
870. Usoma ibn Zayd aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Abdulloh ibn Ubay ibn Salul 
qatnashayotgan bir yig'inga bordilar. O'shanda u hali Islomni qabul qilmagandi. U: 
"Yig'ilishimizga zarar yetkaz-ma", dedi. Rasululloh (s.a.v.) Sa'd ibn'Ubodaning oldiga 
borib: "Eshitdingizmi, Abu Habobning nima deganini?" - dedilar va bu bilan Abdulloh ibn 
Ubay ibn Salulni nazarda tutdilar". 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin