Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

389-bob. Orzu qilish haqida 
902. Oyisha (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) ke-chalarning birida uyqusizliqdan 
qiynaldilar va: "Qani endi hozir sahobiylarimdan biri kelsa-yu, tuni bilan meni 
qo'riqyaasa", dedilar. Shu payt qurol-yarog'ning sharaqlagan ovozini eshitdik. Ul zot: 
"Kim u?" - dedilar. "Sa'dman, ey, Rasulalloh, sizni qo'riq-lash uchun keldim". dedi 
kelgan kishi. Keyin Rasulul-loh (s.a.v.) uxladilar, hatto ul zotning xurrak to-vushlarini 
eshitdik. 
O'sha paytda Madinada tashqi va ichki dushmanlar xavfi kuchli bo'lib, ularning 
nogahoniy hujumidan saqlanish kerak edi. 
 
390-bobdagi 903-hadis 142-bobdagi 306-hadisning takrori. 
391-bob. Noto'g'ri gapirishdan qaytarish haqida 
904.Nofi' aytdilar:"Abdulloh ibn Umar far-zandlarini noto'g'ri, g'aliz gapirishdan 
qaytargan edilar". 
905. Abdurrahmon ibn Ijlon aytdilar: hz. Umar o'q otishayotgan ikki kishining oldidan 
o'tdilar. Ularning biri ikkinchisiga: "sod" harfi bilan "asobta" - "mo'ljalga tekkizding", 
deyishning o'rniga "sin" harfi bilan "asabta" - "so'kding", dedi. Shunda hz. Umar: 
"Noto'g'ri gapirish noto'g'ri o'q otishdan og'irroqdir", dedilar. 
392-bob. "Uning asli yo'qtsir", deyish haqida 
906. Oyisha onamiz dedilar: "Odamlar Payg'ambar (s.a.v.)dan kohinlar haqida 
so'radilar. Ul zot: "Ular ishlarining asli yo'q", dedilar. Odamlar: "Ey, Rasulalloh, ular 
aytgan narsayaarning ba'zisi to'g'ri chiqadi", deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): 
"O'sha to'g'ri gaplarni hayton o'g'irlab qochadi va do'sti (ya'ni sehrgar, folbin)ning 
quloqlariga tovuqday qu-qulab yetkazadi. Keyin ular bir rost gapning yoniga yuzlab 
yolg'onni qo'shadilar", dedilar. 
393-bob. Piching gap qilish haqida 
907. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) safarlarining birida tuyalarini 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
141
haydab bo-rayotgan tuyabonga: "Hay-hay Anshaja, shisha idishlar (ya'ni ayollarga) 
yumshoq muomala qil!" dedilar. 
908. Abdulloh ibn Umar (r.a.) otalari hz. Umar (r.a.) dan naql qildilar: "Kishi eshitgan 
narsasini gapiraverishi yolg'onchiligi uchun yetarlidir". Umar (r.a) aytdilar: "piching gap 
qilish musulmonning yolg'ondan saqlanayotganiga yetarli (dalil) emasmi?" 
909. Abdulloh ibn Shaxir aytdilar: "Men Imron ibn Husayn bilan Basragacha hamroh 
bo'ldim. U har kuni: "Piching gapda yolg'on bo'lishi muqarrardir", deb she'r o'qirdi. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin