Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy  www.ziyouz.com



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə201/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
174
516-bob. Ahli kitobning salomiga qanday alik olinadi 
1139. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Yahudiylardan biri sizga 
salom berib: "Assomu alaykum", desa, "Vaalayka", deb javob qaytaring", dedilar". 
1140. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Yahudiy, nasroniy yoki majusiy bo'ladimi, sizlarga 
salom bersa, alik olinglar. Zero, Alloh taolo shunday marhamat qilgan: "Qachon sizlarga 
biror salomlashish (iborasi) bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olingiz 
yoki o'sha (ibora)ni qaytaringiz..." (4:86). 
517-bob. Musulmonlar va mushriklar aralash bo'lgan jamoatga salom berish 
haqida 
1141. Usoma ibn Zayd (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) eshakning ustiga egar qo'yib, 
unga junli ko'rpacha to'shab minib meni orqalariga mingashtirib oldilar, Sa'd ibn 
Ubodanikiga ketdik. Abdulloh ibn Ubay ibn Salul (hali unda Islomga kirmagan edi) bor 
bo'lgan yig'inning oldidan o'tdik. Bu yig'inda musulmonlar ham, mushriklar ham, 
butparastlar ham aralash o'tirgan edilar. Ul zot ularga salom berdilar". 
518-bob. Ahli kitoblarga qanday maktub yoziladi 
1142. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: Rum imperatori Xiraql Abu Sufyon ibn Harbni 
chopar yuborib saroyiga oldirib keldi. So'ng Dihyatu-l-Kalbiy Busro hokimiga keltirgan 
Rasululloh (s.a.v.)ning maktublarini keltirishni so'radi. U maktubni olib kelib o'qidi. 
Unda: "Bismillohi-r-rah-moni-r-rahim. Allohning bandasi va payg'ambari Muhammaddan 
Rumning ulug'i Xiraqlga. To'g'ri yo'ldan ketganlarga salom bo'lsin. Bundan keyin men 
seni Islomga da'vat etaman. Islomga kirgilki, salomatlikda qolasan. Alloh senga ajrini 
ikki qat bersin (ham Iso (a.s.)ga, ham Muhammad (s.a.v.)ga imon keltirganing uchun). 
Agar qabul qilmasang, butun xalqning gunohi sening bo'yningdadir. Va "Ayting (ey, 
Muhammad ): "Ey, kitob ahli (yahudiylar va nasroniylar), biz bilan sizning (ahamiyati) 
barobar bo'lgan bir so'zga kelingiz - yolg'iz Allohgagina ibodat qilaylik, Unga hech 
narsani sherik qilmaylik va Allohni qo'yib bir-birovlarimizni iloh qilib olmaylik. Agar (bu 
taklifdan) yuz o'girsalar, (sizlar ularga): "Guvoh bo'linglarki, biz musulmonlarmiz", deb 
aytib qo'yingiz!" (3:64). 
Abu Sufyon u paytda Islom diniga dushman edi. 
 
519-bobdagi 1143-hadis 145-bobdagi 314-hadisning mazmunan takroridir. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin