Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. "Qanday tong ottirding", degangda nima deb javob berish haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə204/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

533-bob. "Qanday tong ottirding", degangda nima deb javob berish haqida 
1166. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ga "Qanday tong ottirdingiz?" 
- dey-ishdi. Ul zot: "Janozaga ishtirok etmagan va biron xastani borib ziyorat qilmagan 
odamlardan xayrliroq tong ottirdim", dedilar". 
1167. Sharik aytdilar: "Men hazramiylarning ulug'laridan bo'lgan, Rasululloh (s.a.v.) 
saxrbiylaridan birining oldida o'tirgan edim. Unga: "Qanday tong ottirdingiz?" - deyishsa, 
u: "Allohga shirk keltirmaymiz" - deb javob berardi". 
1168. Sayf ibn Vahb aytdilar: "Abu Tufayl mendan: "Necha yoshga kirding?" - deb 
so'radilar. Men: "33 yoshga", deb javob berdim. Abu Tufayl: "Senga Huzayfa ibn Yamon 
(r.a.)dan eshitgan hadisni aytib beraymi? Xasafa jangchilaridan Amr ibn Sulay' degan bir 
kishi bo'lib, uning o'z to'dasi bor edi. O'sha paytda men sening yoshingda edim. Biz 
Huzayfa (r.a.)ning oldiga - masjidga keldik, men qavmning oxiriga borib o'tir-dim. Amr 
to'g'ri borib Huzayfaning oddida turib: "Qanday tong ottirding?" (yoki "Kunni qanday 
o'tkazding?"), ey, Abdulloh?" - dedi. U: "Xudoga shukr", dedi. Amr: "Sendan bizga yetib 
kelgan qanday hadislar ekan, (ey, Huzayfa)?" - deb so'radi. Huzayfa: "Mendan nima 
yetib kelibdi, ey, Amr?" - dedi. "Men eshitmagan hadis-lar", dedi Amr. Huzayfa (r.a.): 
"Xudo haqqi, agar men eshitgan hadislarimni sizga aytadigan bo'lsam, mana shu 
kechaning bir qismigacha kutardingiz. Lekin, ey, Amr ibn Sulay', agar Qaysning Shomni 
egallashini ko'rsang, alhazar, alhazar! Allohga qasamki, u Allohning mo'min bandalarini 
faqat qo'rqitadi yoki o'ldiradi. Xudo haqi, ularga shunday zamonlar keladiki, u paytda 
katta gunohdan ham qaytarilmaydilar". Amr: "Alloh seni rahmatiga olsin, qavmingga 
nima qilding?" - dedi. U: "Bu mening ishim", dedi". 
534-bob. Joylarning yaxshisi kengrog'i ekanligi haqida 
1169. Abdurrahmon ibn Abu Umra Ansoriy aytdi-lar: "Abu Said Xudriy (r.a.)ni janozaga 
chaqirishdi. U odamlar o'z o'rinlarini egallab bo'lgach, keldi. Qavm uni ko'rib qimirlab, 
shoshib, (unga joy berish uchun) harakat qila boshladilar. Ulardan ba'zilari o'zining 
o'rniga o'tqazmoqchi ham bo'ldi. (Biroq) Abu Said (r.a.): "Yo'q, (qimirlamang), men 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
177
Rasululloh (s.a.v.)ning "Joylarning yaxshisi ularning kengrog'idir", degan-larini 
eshitganman", dedi va jamoatning chekkaro-g'iga borib o'tirdi. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin