354. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir voqeani gapirib berlar. U
quyidagicha: "Bir kishi boshqa bir qishloqtsa turadigan do'stini ziyorat qilish uchun
yo'lga chiqdi. Alloh taolo unga bir farishtani yubordi. Farishta undan: "Yo'l bo'lsin,
qaerga borayapsan?" - deb so'radi. U: "Shu qishloqtsa yashaydigan bir do'stimni
ko'rgani ketayapman", dedi. Farishta: "Do'sting senga biror yaxshilik qilgan yoki undan
biror manfaat ko'rgan bo'lsang kerakki, o'shaning xotirasi uchun borayapsanda", dedi. U
kishi: "Yo'q, men uni faqat Alloh uchun yaxshi qo'raman, shuning uchungina ziyoratiga
bormoqchiman", dedi. Shunda farishta: "Men Atlohning elchisiman. Alloh taolo meni
atay senga yubordi. Sen uni xolisanilloh sevganing uchui Alloh taolo ham seni sevadi",
dedi".