168-bob. Pishgan mevalardan atrofdagi go'daklarga berish haqida
367. Abu Hurayra aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ga yangi pishgan xurmodan olib kelinsa:
"Ey, Alloh! Madina ahllariga va ularning rizqi ro'ziga barakot ber va ularning katta-kichik
o'lchovlariga ham ko'p-ko'p baraka bergil", deb duo qilib, keyin atroflaridagi bolalardan
kichikroqlariga shu xurmodan berar edilar".
169-bobdagi Amr ibn Shu'aybdan rivoyat tsilingan 368-hadis 358, 359, 360, 361- hadislarning takrori.
369. Ya'lo ibn Murra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi hikoyat qiddilar: "Biz Rasululloh
(s.a.v.) bilan mukallif bo'lgan joyga borish uchun uydan chiqdik. Sayyiduno Husayn
ko'chada o'ynab yurgan ekan. Rasululloh (s.a.v.) unga tomon chopib, quchoq ochdilar,
bola esa u yoq-bu yoqqa qochar va Rasululloh (s.a.v.) esa kulib bolani quvardilar. Oxiri
uni tutib oldilar va bir qo'llari bilan qulog'idan, ikkinchi qo'llari bilan boshidan ushlab
quchoqladilarda: "Husayn mendan (mening bolam) va men Husayndan (uning
bobosiman). Husaynni yaxshi ko'rgan kishini Alloh taolo yaxshi ko'radi. Husayn yaxshi
nabiralardan biridir", dedilar".