Hummara - hajmi va shakdla chumchuqqa o'xshavdigan bir qush nomi.
387. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) bir joyga borgan
edilar. Shu yerda bir kishi hummaraning tuxumini oldi. Rasululloh u qushning o'z
ustlarida qanot qoqib turganini ko'rib, "Bu qushni kim ranjitdi?" - deb so'radilar. Shunda
u kishi: "Yo Rasulalloh, men uning tuxumini olgan edim" - dedi. Rasululloh (s.a.v.): "U
jonivorga rahm qil, tuxumini o'z joyiga qaytarib qo'y", dedilar.