400. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Ikkita narsa
bor, ummatlarim shu ikkita narsani tark qilolmayaptilar, biri O'lgan kishi uchun ovoz
chiqarib yig'lash, ikkinchisi nasablar haqida bir-birlariga ta'na qilish".
187-bob. Kishi o'z qavmini sevishi haqida
401. Fasida degan xotinning otasi aytdi: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan bir kishi o'z
qavmiga zulm qilishga yordam bersa, bu asabiyatdan hisoblanadimi?" - deb so'radim.
Rasululloh (s.a.v.): "Ha, asabiyatdan hisoblanadi", dedilar".
Asabiyat - ota tomonidan bo'lgan qarindoshlarni himoya va mudofaa qilish.