423. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Mo'min banda(lardan ba'zilari)
dunyo ishlarida aldanuvchi va lekin o'zi saxovatli, munofiq esa aldovchi, makkor va xasis
bo'ladi", dedilar".
198-bob. Koyish va so'kish haqida
424. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Payg'ambarimiz (s.a.v.) vaqtlarida ikki kishi
so'kishdi. Ularning bittasi so'kdi va ikkinchisi jim turdi. Shu vaqtda Rasululloh (s.a.v.)
o'tirgan edilar, ikkinchisi ham uni so'ka boshladi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) birdan
o'rinlaridan turib ketdilar. Sahobiylar: "Yo Rasu-lalloh, nima uchun turib ketdingiz?" -
deb so'rashganda, Rasululloh (s.a.v.): "Farishtalar turgani uchun men ham turdim. Bu
kishi jim turgan vaqtda farishtalar avvalgi so'kayotgan kishiga raddi badal qilib turgan
edi. Bu ham so'ka boshlagani uchun o'sha farishtalar o'rinlaridan turib ketdilar", dedilar".
425. Ibroxim ibn Abu Abla Ummu Dardo (r.a.)dan rivoyat qildi. "Bir kishi Ummu Dardo
(r.a.) oldiga kelib: "Xalifa Abdumalik ibn Marvon huzurida bir kishi sizga ta'na qildi", deb
xabar berdi. Ummu Dardo (r.a.): "O'zimizda bo'lmagan ayblar bilan tuhmat qilinsak
mayli. O'zimizda yo'q madhlar bilan ko'p maqtalgan ham edik", dedilar".
426. Abdullohibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Bir kishi birodariga sen mening
dushmanimsan", desa, ikkalasidan bittasi Islomdan chiqib qoladi yoki u o'sha bi-
rodaridan ajrab ketgan bo'ladi". Shu hadisni Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan rivoyat qilgan
Qays degan kishi aytdi: "Keyin menga Abu Hurayra Abdulloh ibn Mas'udning shu
so'zlarini aytib oxirida: "Ammo tavba kdlgan bo'lsa, bu hukmga kirmaydi", degan
edilar".