Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Rasululloh (s.a.v.) uylarini ta'mirlaganlari haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   443
Buxpriy

213-bob. Rasululloh (s.a.v.) uylarini ta'mirlaganlari haqida 
 
458. Habba ibn Xolid bilan Savo ibn Xolid (r.a.) aka-uka ikkalasi Nabiy muhgaram 
(s.a.v.)ning huzurlariga kelishgan edi. Shu vaqtda Rasululloh (s.a.v.) imoratning 
devorini (boshqa rivoyatda: uyni) tuzatayotgan edilar. Shunda aka-uka Rasululloh 
(s.a.v.)ga qarashishdi. 
 
459. Qays ibn Abi Hozimdan rivoyat qilindi. U kishi aytdilar: "Bizlar Xabob ibn Aratning 
betobligini so'rashga kirdik. U kishi qorinlarini davolash uchun yetti martaba kayy 
qildirgan edilar. U kishi: "Bizdan ilgari o'tgan birodarlarimiz dunyo maishatiga berilmay, 
savoblarini to'liq, kamaytirmay olgan edilar. Bizlar esa, shu qadar boyliklarga erishdikki, 
uni tuproqdan bo'lak qo'yadigan joy topmadik. Rasululloh (s.a.v.) o'zimizga o'lim tilashni 
man qilmaganlarida men albatta o'zimga Alloh taolodan o'lim so'ragan bo'lardim", 
dedilar". 
 
"Kayy" - arablardagi eski tabobatda ba'zi kasalliklarni davolash uchun kuydirilar edi. 
Uni tuproqdan bo'lak qo'yadigan joy topmadik -ya'ni hammamiz boy bo'lib, sadaqani 
qabul qiladigan kishi qolmadi. 
 
460. Qays ibn Abi Hozim aytdilar: "Biz ikkinchi marotaba Xabob ibn Aratning huzurlariga 
keldik. U zot o'zlariga qarashli (yoki uyning) bir devorni tuzatayotgan edilar. Shunda: 
"Musulmon kishiga tuproqqa ketkazadigan sarfidan bo'lak hamma sarflari uchun albatta 
ajru savob beriladi", dedilar". 
 
Tuproqdan murod - maqganish uchun hojatdan tashqari qilinadigan imoratlar, masjid, 
madrasa, maktab, yetimxona va yotoqxona kabi sadaqai joriya niyatida qilinadigan 
binolar bunga kirmaydi. 
 
461. Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: "Men o'zi-mizning cho'p va qamishdan qilingan 
uyimizni (bu-zib, qayta) tuzatayotgan vaqtimda Rasululloh (s.a.v.) o'tib qoldilar-da: 
"Nima qilayotibsiz?" - deb so'radilar. Men: "Yo Rasulalloh, uyimizni isloh qilayo-tibman", 
degan edim. Rasululloh (s.a.v.): "Ish bun-dan ko'ra tezroqdir", dedilar". 
 
Ishdan murod - o'limdir, ya'ni buzilmay turgan uyingni tuzatgu-ningcha balki o'lim kelib 
qolar. Buni tuzatishdan ko'ra amalni tu-zat, demoqchi bo'ldilar. 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin