Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-Kasalmand kishining kafforati haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   443
Buxpriy

226-Kasalmand kishining kafforati haqida 
 
498. G'utayf ibn Horis (Sukuniy) (r.a.) xabar berdilar. Abu Ubayda ibn Jarrohning 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
79
betoblik vaqtlarida bir kishi kelib: "Amirning ajru savoblari qancha bo'ldi ekan?" - deb 
so'radi. Abu Ubayda: "Sizlar qanday amal qilganingizda ajrga ega bo'lishingizni 
bilasizmi?" - dedilar. U kishi: "Tabiatimiz-ga yoqmaydigan dardga mubtalo qilinsak 
shunga ajr olamiz" - dedi. Shunda Abu Ubayda: "Alloh taolo yo'lida qilgan sarflaringiz va 
siz uchun qilingan sarflar badaliga ham ajr olasiz", dedilarda, keyin ot egarining 
asboblarini sanadilar, hatto ot-ulovning jilovigacha sanab berdilar. "Lekin jasadingizdagi 
sizlarga yetgan bu dard badaliga Alloh taolo kichik gunohlaringizni yopadi", dedilar. 
 
Abu Ubayda jangda lashkarboshilardan bo'lganlari uchun u kishini "amir" deb xitob 
qilayotgan bo'lsa kerak.Ya'ni jangga borish uchun mana shu men sanagan ot asboblarini 
tayyorlaganingiz uchun ham ajrga ega bo'lasiz, demoqchi bo'lsalar kerak.Ya'ni dardga 
sabr qilgan bo'lsangiz dardga mubtalo bo'lganingiz uchun bir va sabr qilganingiz uchun 
ikkinchi savobga ega bo'lasiz  
 
499. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Bir 
mo'min yoki mo'mina kishini uzoq vaqt biror musibatga yo'liqtirib sinaladi. U shu 
musibat Alloh tomonidan bo'lganini e'tirof qilib, sabr etsa, Alloh taolo huzuriga 
gunohlaridan pok bo'lgan holda boradi", dedilar". 
 
500. Abdurrahmon ibn Avf otasidan rivoyat qiddi: "Salmon (Forsiy) Kinda degan joyda 
bir bemorni ko'rgani borganda men birga edim. Salmon bemorning xonasiga kirgach: 
"Senga xayrli xabarlar bo'lsin! Zero, Alloh mo'minning xastaligini O'zi uchun kafforat va 
savob deb qabul qiladi. Fojir xasta bo'lsa xab dori ichaveradi, ammo davo qaerdan va 
nimadan kelishini bilmaydi", dedi. 
 
501. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Agar xoh mo'mindir, xoh 
mo'minadir, unning badaniga, oilasiga, moliga balo Alloh taoloning oldida gu-nohi 
bo'lmasa, kelmaydi", deb marhamat qildilar. 
 
502-hadis 501-hadisning takrori bo'lib, uni Muhammad ibn Amr rivo-yat qilganlar va 
"bolasiga", degan so'zni qo'shganlar. 
 
503. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga bir a'robiy keddi. Nabiy 
muhtaram (s.a.v.) unga: "Senda bezgak kasalliga bulganmi?" - deb so'radi-lar. A'robiy: 
"Bezgak nima?" - dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Teri bilan et orasida bo'ladigan harorat", 
degan edilar, a'robiy: "Yo'q, men unday narsani bilmayman", dedi. Keyin Rasululloh 
(s.a.v.): "Senda bosh og'rig'i bo'lganmi?" - dedilar. U: "Bosh og'rig'i nima?" - deb 
so'radi. Rasululloh (s.a.v.): "Miyada bir yel paydo bo'lib, tomirlarga uradi", dedilar. 
A'robiy: "Menda unday kasallik bo'lmagan", dedi. A'robiy chiqib ketgandan keyin 
Rasululloh (s.a.v.): "Do'zax axlidan bo'ladigan kishini ko'rmoqchi bo'lgan odam mana 
shu a'robiyga qarasin", dedilar". 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin