540. Horis ibn Ubaydulloh Ansoriy aytdilar: "Men Ummu Dardoni ko'rdim. U zotning
mingan ulovlari ustida parda yo'q edi. U zot ansorlardan masjidga qatnab turadigan bir
betob kishini ziyorat qilishga borayotgan edilar".
541. Abdulloh ibn Abi Huzayl Abu Mug'ira (r.a.) aytdi: "Abdulloh ibn Mas'ud bir necha
kishilar bilan bir bemorni ko'rgani kirdilar. Bemor uyida bir xotin bo'lib, kirgan
kishilardan biri unga tikilib Qarayverdi. Shunda Abdulloh: "Bu ayolga qarab gunohkor
bo'lganingdan ko'zing teshilgani yaxshiroq edi", dedilar".