www.ziyouz.com kutubxonasi
102
278-bob. Birodarini g'oyibona duo qilish haqida
638. Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Eng tez ijobat bo'ladigan duo
g'oibning g'oibga qilgan duosidir", dedilar.
639. Abdullohibn Sanobihiy (r.a.)dan rivoyat qilin-di: u Abu Bakr Siddiq (r.a.)ning:
"Alloh yo'lida do'stlashganlarning duolari tez ijobat bo'ladi", de-ganlarini eshitdi.
640. Safvon ibn Abdulloh aytdilar: "Men Shomdagi yaqinlarimni ziyorat qilib qaytgan
edim. Qaynonam Ummu Dardo (r.a.) uyda ekan. Qayin otam Abu Dardo (r.a.) yo'q
ekan. Ummu Dardo mendan: "Bu yil haj qilmoqchimisiz?" ~ deb so'radi. "Ha", deb javob
berdim. U: "Allohga bizning haqqimizga duoi xayr qiling, Payg'ambarimiz (s.a.v.)ning:
"Musulmon kishining birodari ortidan qilgan duosi mustajobdir, uning boshida bir
muakkil farishta turadi va birodari haqqiga qigan har bir duoi xayriga "Omin, senga ham
o'sha narsa nasib qilsin", deb turadi", der edilar, dedi. Bozorda Abu Dardoni uchratib
qolgandim, u ham xuddi shu gaplarni aytdi, u ham bu hadisni Rasululloh (s.a.v.)dan
naql qildi".
641. Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: "Bir kipsh: "Allohim, faqatgina meni va
Muxammad (s.a.v.)ni mag'firat qil", dedi. Shundajanobi Payg'ambar (s.a.v.): "Sen,
albatga, duoni ko'gotab insonlar haqidan to'sib qo'yding", dedilar".
642-hadis Abdulloh ibn Umardan rivoyat qshshngan bo'lib, 632-hadisning takroridir.