Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Rasululloh nomlari zikr etilganda salavot aytmagan kishi haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   443
Buxpriy

281-bob. Rasululloh nomlari zikr etilganda salavot aytmagan kishi haqida  
 
659. Jobir ibn Abdulloh (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) minbarga 
chiqayotib, uning birinchi pog'onasiga chiqqanlarida "Omin", dedilar. Keyin ikkinchi 
pog'onaga chiqdilar va yana "Omin", dedilar. So'ng uchinchi pog'onasiga chiqib yana 
"Omin", dedilar. Jobir: "Ey, Allohning Rasuli, nima uchun uch marta "Omir" dedingiz?" - 
deb so'radi. Ul zot javob berdilar: Minbarning birinchi pog'onasiga chiqqanimda Jabroil 
(a.s.) kelib: "Bir banda Ramazon oyiga yetishsa, Ram-azon o'tib ketgunicha 
gunohlaridan poklanib ololmasa, u xor bo'lsin!" - dedi. Men ham "Omin",  
dyodim. So'ngra: "Ota-onasining yoki ulardan birining keksalik davrida roziligini olib 
jannatga erisholmagan banda xor bo'lsin!" - dedi. Men ham "Omin", dedim. Keyin Jabroil 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
105
(a.s.): "Sizning ismingiz aytilganda, sizga salovat aytmagan banda ham xor bo'lsin!" - 
dedi. Men ham "Omin", dedim". 
 
Abu Hurayradan rivoyat qilingan 660-hadisda 658-hadisning mazmuni aynan 
takrorlangan. Abu Hurayra rivoyat qilgan 661-hadis Jobir ibn Abdulloh rivoyat qilgan 
659-hadisning aynan takroridir. 
 
662. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: Payg'ambarimiz (s.a.v.) Juvayriya binti Horis ibn 
Abi Zirorning oddidan chikdilar. U ayolning ismi Barra edi. Payg'ambarimiz (s.a.v.) uning 
ismini o'zgartirib, Juvayriya deb atay boshladilar. U ayol oldidan chiqqan Rasululloh 
(s.a.v.) uning ismi hanuz Barraligida yana uning oldiga kirishni ma'qul ko'rmadilar. 
Keyin kun tikkaga kelganda uning oldiga qaytdilar. U ayol (xotinlar bilan birga) tuplanib, 
majlis qurib turgan edi. Ul zot: "Hali ham majlisda o'tiribsanmi? Men sevdan keyin turtga 
kalimani uch marta aytdim, agar sening talaffuzingda qofiyalansa, uni qofiyali qilib 
aytgin: "Subhanallohu va bihamdihi adada xalqihi va rizoa nafsihi va zinata 'arshihi va 
midadaav madad ka-limatihi", dedilar. 
 
Duoning ma'nosi: Alloh maxluqotlarinint sonicha, O'zi rozi bo'lguniga qadar va 
Arshshshng og'irligi hamda kalyamalariniig uzunligi midoricha nuqsonlardan poklab yod 
etib, Unga haled aytamiz  
 
663. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) Juvayriyaning oldidan 
chiqdilar. (Uni faqat bir martagina Juvayriya deganlar). 
 
664-hadis. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Jahannamdan, 
qabr azobidan, Masihi Dajjolning fitnasidan, hayot va o'limning fitnalaridan Alloh 
taolodan panoh so'rang", dedilar". 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin