665. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Allohim, mening qulog'u
ko'zimni salohiyatli qilgin va ularni menga voris qil. Menga zulm qilganlarning ustidan
meni g'olib qil va ulardan qasosimni olib bergin", deya duo qilar edilar".
Menga voris qil - ya'ni butun umrim davomida quloq va ko'zlarimga shikast yetmasin .
Abu Huraydan rivoyat qshshngan 666-hadis Jobir ibn Abdumoh rivoyat qilgan 665- hadisning takroridir.
667. Sa'd ibn Toriq Ashja'iydan rivoyat qilindi: "Otam aytdilar: "Biz Rasululloh (s.a.v.)
huzurlariga ertalab borgandik, bir erkak va bir ayol ham ul zot huzurlariga keldi va: "Ey,
Allohning Rasuli, namoz o'qigandan keyin nima deyish kerak?" - deb so'rashdi. "Allohim,
mening gunohlarimni avf et, menga rahm qil, meni haq yo'lga boshla va menga o'z
Dargo-hingdan rizq ber, deb ayting, shunda dunyo va oxiratingiz jam bo'ladi", deb javob
berdilar ul zot".
668-hadis mazmuni yuqoridagi hadisda o'tdi va buni Abu Malik rivoyat qilgan, faqat unda "Namoz o'qigandan keyin", degan jumla yo'q.