Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Qarindoshlikni uzmaslik haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   443
Buxpriy

25-bob. Qarindoshlikni uzmaslik haqida 
 
47. Kulayb ibn Manfaa bobosi Kulayb Hanafiy (r.a.)dan rivoyat qildi: U kishi 
Rasulullohdan (s.a.v.): "Yo Rasululloh, men yaxshiligimni kimga qilishim kerak?" - deb 
so’radilar. Rasululloh (s.a.v.): "Onangga, otangga, opa-singillaringga, aka-ukalaringga 
va yaqin bo’lgan kishilaringga. Bu ish zaruriy burch va uzilmasligi kerak bo’lgan 
qarindoshlikdir", dedilar. 
 
Ya'ni kim silai rahmni uzgan va kim uzmaganligini ochiq bayon qilish uchun Alloh unga til 
beradi va bu til kimlarningdir foydasiga yo zarariga da'voni isbot qiladi. 
1 Hz. Oyisha (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan keltirgan rivoyatlarida ham shu mazmun bor: 
bir kiish keksa yoshli hamrohi bilan Rasululloh (s.a.v.)ning oldilariga keldi. Rasululloh: 
"Ey, falon! Yoningdagi kim?"- deb so’radilar. "Otam", deb javob berdi. "U holda undan 
oldinda yurma! Undan yuqorida o’tirma, uning ismi bilan chaqirma, uni so’kishlariga yo’l 
quyma!" deb nasihat qildilar. Abu Hurayra (r.a.) shoyadki Rasululloh (s.a.v.)ning shu 
gaplarini eshitgan bo’lsalar, suhbatdoshlariga yuqorida keltirilgan nasihatini qildilar. 
 
48. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Qur'oni karimda: "Yaqin qarindoshlaringizni (Alloh 
azobidan) ogohlantiring!" (26:214), degan oyat kelgan vaqtida, Rasululloh (s.a.v.) turib: 
"Ey, Ka'b ibn Luay bolalari, ey, Abdu Manof bolalari, ey, Hoshim bolalari, va ey, 
Abdulmuttallib bolalari! Sizlar o’zingizni do’zax o’tidan qutqaring! Ey, Muhammadning 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
11
qizi Fotima! Sen ham o’zingni jahannam o’tidan qutqaz! Menga e'timod qilma, chunki 
qiyomat kuni tashvishidan men seni qutqazishga qodir emasman. Ammo sizlar bilan 
albatta qarindoshligim bor, uni men sizlardan uzmayman", deb oshkora nido qildilar. 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin