295-bob. Duo oxiratda ajru savob sifatida zohir bo'lishi haqvda
731-hadis. Abu Said Xudriy (r.a.) aytdilar: "Rasu-lulloh (s.a.v.) aytganlar: "Biror bir
musulmon gunoh ish qilmagan va qarindosh-urug'chilik aloqalarini uz-magan holda duo
qilsa, unga 3 narsadan biri aniq beriladi: yo so'ragani tezda beriladi yoki uni oxiratga
zaxira qilinadi yoki bo'lmasa, o'sha qilgan duosi ba-robarida undan biror yomonlik daf
qilinadi". "Bo'lmasa duoni ko'paytiramiz", deyishdi. "Alloh ko'paytirguvchiroqdir", dedilar
Rasululloh (s.a.v.)".
732. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Bir mo'min
qo'llarini ko'ta-rib Allohga chin dildan duo qilsa, tilagini yo shu dunyoning o'zida beriladi
yoki oshig'ich muddatcha oxiratga zahira qilinadi". "Yo Rasulalloh! "Oshig'ich" ni-madir?"
- deb so'rashdi sahobiylar. "Men Allohga duo qildim, duo qildimu qabul bo'lganini
ko'rmadim", deyishdir", deb marhamat qildilar.