318-bob. Kishi oilasi nafaqasini ado etishi haqida
769. Savbon (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Dinor (ya'ni
pul)larning eng af-zali kishining o'z ahli ayoliga, Alloh yo'lidagi biro-darlariga va Alloh
uchun atagan jonivor-hayvonla-riga sarflangan pulidir".
770. Abu Mas'ud Badriy (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimki ahli ayoliga
savob umidida nafaqa qilsa o'sha qilgan nafaqasi uning uchun sadaqadir", dedilar".
771. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib:
"Yo, Rasululloh, menda bir qancha dinor bor", dedi. "O'zing uchun sarf qil", dedilar ul
zot. "Menda undan ortiqchasi bor", dedi u kishi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Unda ularni
xizmatkoringga yoki bolangga sarfla", dedi-lar. "Menda undan-da ortiqchasi bor", dedi
yana u kishi. Rasululloh (s.a.v.): "Unda ularni Alloh yo'lida saq-la, bu (savob yuzasidan)
eng oz bo'lganidir", dedilar".
772. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Payg'ambarimiz (s.a.v.): "Sening to'rt dinor puling
bo'lsa, 1 dinorni miskinga bersang, 1 dinorni qul ozod qilish uchun bersang, bir dinorni
Alloh yo'lida sarflasang, yana bir dinorni ahli ayoling nafaqasiga ishladang, shulardan
eng afzali ahli ayolingga sarf qilganing hisoblanadi", dedilar".