324-bob. "Odamlar halok bo'ldi, buzilib ketdi" deyish haqida
780. Abu Hurayra aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Kimning "odamlar buzilib ketdi
deyotganini eshidangiz, bilingki, o'shaning o'zi birinchi bo'lib buzilgandir", dedilar.
325-bob. Munofiqni "sayyid" demaslik haqida
781. Abdulloh ibn Burayda otalaridan rivoyat qildilar. Otalari aytdilar: Rasululloh
(s.a.v.): "Munofiq odamni, garchi u hurmatlirog'ingiz, ish boshingiz bo'lsa ham "sayyid"
demang, shunday desangiz Parvardigoringizning g'azabini duchor bo'lasiz", dedilar.