Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə270/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   443
Buxpriy

355-bob. Tez yurish haqida 
 
836. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) juda ham shoshib keldilar. Biz 
o'tirgandik, ul zot-ning naqadar shoshganlari bizni tashvishga soldi. Ol-dimizga kelib 
to'xtagach, salom berdilar, so'ng: "Siz-larga "Laylatu-l-qadr"ning xabarini yetkazayin, 
deb shoshilib keldim, lekin shu orada uning qaysi kun-daligini unutib qo'ydim, Uni 
Ramazon oyining oxirgi o'n kunligidan izlang", dedilar. 
 
356-bob. Alloh taologa yoqimli ismlar haqida 
 
837. Uqayl bin Shabib Abu Vahbdan rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) dedilar: 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
131
"(Go'daklarga) payg'ambarlarning ismlarini qo'yinglar. Allohga eng yoqimli ismlar 
Abdulloh va Abdurrahmondir, eng sodig'i Horis* va Hammom*dir, eng yoqimsizi esa 
Harb va Murra* ismlaridir". 
 
* Horis - yer haydovchi; dehqon. *Hammom - g'ayratli, tinib-tinchimas, charchamas 
degan ma'noda. *Harb - bu o'rinda jangovor ma'nosida. *Murra - rad etilgan, 
la'natlangan. 
 
838. Jobir ibn Abdulloh aytdilar: "Oramizda bir kishi farzand ko'rdi va ismini Qosim, deb 
qo'ydi. Biz unga: "Biz seni Abulqosim* degan kunya bilan chaqir-maymiz va hurmat ham 
qilmaymiz", dedik. U odam bu haqda Rasululloh (s.a.v.)ni xabardor qilgach, ul zot unga: 
"Ug'lingga Abdurrahmon, deb ism qo'ygan", dedilar". 
 
* Abulqosim aslida Rasulullohning kunyalari, shunga ko'ra odamlar Qosim ismini rad 
qilganlar, bu haqdagi mazmun 859, 860 va 862-hadislarda keladi. 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin