910. Amr ibn Os (r.a.) aytdilar: "Qadarning ichida bo'la turib, taqdirdan qochgan
odamga hayron bo'laman. Do'stining ko'zidagi gardni ko'radi, o'zining ko'zidagi xoda
bilan ishi yo'q. Men og'zi bo'sh odamga sirimni aytib qo'yib, so'ngra uni malomat
qilmagan-man. Axir, (sirni ochyb qo'ygani uchun) qanday uni malomat qilayin, o'zim
sirni ichimda saqiay olmagan bo'lsam?!
Ya'ni "Gapirmaganing o'zinpshki, gapirganing birovniki", demoqchi (t.).
395-bob. Masxara qilish haqida
911. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Boshiga musibat tushgan odam bir to'da ayollarning
oldidan o'tayotganida ayollar uning ustidan kulib masxara qildilar. (Oqibatda) ulardan
ba'zilarining boshiga ham musibat tushdi".
396-bob. Ishlarda shoshmaslik haqida
912. Zuhriy (r.a.) Baliy qabilasidan bo'lgan bir ki-shidan riyuyat qilib, aytdilar: "Men
otam bilan Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldim. Otam ul zot bilan mensiz sekin-sekin
gaplashdilar. Men otamdan: "Ul zot sizga nima dedilar?" - deb so'radim. "Bir ish
qilmoqchi bo'lsang, uni shoshmasdan, sovuqqonlik bilan qilginki, Alloh senga bu yo'lda
najot eshigini ko'rsatadi yoki Alloh senga bir najot yo'li paydo qiladi", deb aytdilar",
dedilar".
913. Muhammad ibn Hanafiya dedilar: "Kimgaki bir qarindoshi yomonlik qilaversa, Alloh
taolo undan qutilish yo'lini ko'rsatmagunga qadar o'sha qarin-dosh bilan yaxshi
muomala qilib gurmasa, u aqyali odam emasdir".