916. Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Kim ko'zi ojiz kishilarni
adashtirsa, unga Allohning la'nati bo'lsin!" - dedilar".
399-bob. Zulm, buzg'unchilik haqida
917. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Makkadagi uylarining hovlisida
o'tirganlarida oldilaridan Usmon ibn Maz'un (r.a.) o'tib, Payg'ambar (s.a.-v.)ga qarab
kulimsiradi. Rasululloh (s.a.v.) shunda unga: "Kel, o'tir", dedilar. U "Xo'p", dedi. Ul zot
uning ro'parasiga o'tirdilar. Unga gapirayotab ko'zlarini osmonga tikdilar va: "Hozirgana
sen o'tirgan vaqgda Allohning elchisi (Jabroil (a.s.) mening yonimga keldi", dedilar.
Usmon: "U nima dedi sizga?" - deb so'ragan edi, ul zot "Nahl" surasi 90-oyatni o'qib
berdilar. Usmon: "Bu qalbimda imon o'rnashib, Muhammad (s.a.v.)ni yaxshi ko'rib
qolganimda ro'y bergan edi", dedi".