Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Taajjublanganda "Subhanalloh" deyish haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə300/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   443
Buxpriy

403-bob. Taajjublanganda "Subhanalloh" deyish haqida 
 
927. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini 
eshitdim: "Bir cho'pon qo'ylarini qo'riqlab turganda, bir bo'ri hujum qilib bir qo'chqorni 
olib ketdi. Cho'pon uning ortidan tush-ganda bo'ri unga qarab: "Qo'ylaringning mendan 
boshqa cho'poni yo'q bo'lgan dahshatli, og'ir kunda ularga kim qarab turadi?" - deydi". 
Shunda odamlar "Subhanalloh!" - deb yubordilar. Rasululloh (s.a.v.): "Bunga men, Abu 
Bakr va Umar ishonamiz", dedilar".Kimdir biron ajabtovur rivoyatni yoki hikoyani yoxud 
voqeani ayt-sa, ajablanish va ishonmaslik ma'no-sida "Subhanalloh", deb qo'yi-ladi. 
Rasululloh (s.a.v.) suhbatdoshlariga voqeani aytib berganlari-da ular nshonqiramay 
"Subhanalloh" dedilar.  
 
Rasululloh (s.a.v.) shuning uchun ham ularning ajablanishiga chandon e'tibor bermay 
"Bunga men, Abu Bakr va Umar ishonamiz", deb gapni muxtasar qildilar . 
 
928. Hz. Ali (k.v.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir janoza paytida qo'llariga bir narsa 
olib tuproqni titdilar va: "Sizlardan har biringizning do'zahdan va jan-natdan joyi 
hozirlangan", dedilar. Sahobiylar: "Ey, Rasululloh, biz taqtsirimizga ishonib amalni tark 
etamizmi?" - deb so'radilar. Ul zot: "Amal kdling, zero har kim o'z xilqatiga moyil qilib 
qo'yi-ladi". Yana dedilar: "Kimki saodat ahlidan bo'lsa, unga saodat amallari 
osonlashtirib qo'yiladi, kimki badbaxtlardan bo'lsa, unga badbaxtlik ishlari oson kdlib 
qo'yiladi". So'ng ushbu oyatlarni o'qidilar: "Bas, kimki (zakot va sadaqotlarni) bersa, va 
(Allohdan) qo'rqsa, hamda go'zal (narsa)ni tasdiq eda, bas, unga osonlikni muyassar 
qilurmiz" (92:5-7). 
 
Har kim o'z xilqatiga moyil qilib qo'yiladi; ya'ni taqdirida jannatiyligi bitilgan bo'lsa, 
saodat yo'li, do'zaxiyligi bitilgan bo'lsa zalolat va sharorat yo'liga solinadi. 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin