408-bob. Bulutni ko'rgan kishi nima deyishi haqida
933. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) (osmonda) bulugai ko'rsalar,
hovlidan uyga, uydan hovliga kirib chiqaverardilar va yuzlari o'zgarardi. Yomg'ir
yog'gandan keyingina o'zlariga kelardilar". Oyisha (r.a.) bu holatlarini o'zlariga
aytganlarida, ul zot (s.a.v.): "Qaerdan bilaman, balki Alloh azza va jalla aytgani-dek
bo'lar: "Bas, qachonki, ular o'sha (azob)ni o'z vodiylariga qarab kelayotgan bir (qora)
bulut holida ko'rishgach: "Bu bizlarga yomg'ir keltiruvchi bulutdir", dedilar. Yo'q, u
o'zlaringiz uchun qistagan narsa bo'rondirki, unda (sizlarga atalgan) alamli azob bordir"
(46:24).